Microsoft asosçisi Bill Geyts IT-şirkat hamasosçisi Pol Allenning ölimi munosabati bilan bayonot berdi. Geytsning rasmiy izohi ABC News telekanali tomonidan e'lon qilindi.
Geytsning ma'lum qilişiça, Allen uning eng yaxşi döstlaridan biri bölgan. Uning ta'kidlaşiça, Allenning ölimi haqidagi xabar uning «yuragini sindirdi».
«Pol haqiqiy şerik va döst edi. Bu bizning Lakeside maktabidagi ilk kunlarimizdan to Microsoft taşkil etilgunga qadar hamkorligimizga qadar kuzatildi», - deyiladi Geytsning bayonotida.
Şuningdek, uning işonç bildirişiça, Allenning texnologiyalar va xayriya işlariga qöşgan hissasi yana köp yillar davomida yaşaydi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Microsoft korporatsiyasining hamasosçisi Pol Allen 65 yoşida vafot etgani xabar berilgandi.

















