Microsoft korporatsiyasining asosçisi Pol Allen septik (sepsis natijasida sodir böladigan) şokdan vafot etgan. Bu haqda TMZ ölim haqidagi guvohnomaga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Noxodjkin limfoma oğir asoratlarga olib kelgan. Gap ölimiga sabab bölgan septik şok va immunosupressiya haqida bormoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Microsoft hamasosçisi Pol Allen 65 yoşida vafot etgani xabar qilingandi.

Ma'lumot uçun, 1975 yilda Bill Geyts va Allen Albukerke şaharçasida Micro-soft kompaniyasiga asos solişgan. 1976 yilda Nyu-Mexiko ştatining okrug kotibiyatida yangi savdo belgisi röyxatga olingan - Microsoft.

Forbes jurnalining 2015 yilgi ma'lumotlariga köra, Allen dunyodagi eng boy odamlar röyxatida 51-örinni egallagan. Uning boyligi 17,5 milliard dollarga baholangan.