Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyevning maxsus vakili Afg‘oniston va Germaniya elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
2018 yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev TIVda Afg‘oniston Islom Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Said Shahobiddin Timuriy bilan uchrashdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralarda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik, shuningdek, boshqa ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, 6 mart kuni Ismatulla Irgashev TIVda Germaniya Federativ Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 2018 yil 26-27 mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaning kun tartibiga kiritiladigan masalalar tomonlar diqqat markazida bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:02 / 14.03.2026
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi
10:11 / 13.03.2026
Afg‘oniston Pokistonning Kobulga zarbalari oqibatida qurbonlar borligini ma’lum qildi
15:28 / 12.03.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida imtiyozli savdo bitimi tasdiqlandi
13:36 / 10.03.2026