Shri-Lankaning markaziy qismida buddoyilar ommasi musulmonlarning turar joy mavzelariga hujum qilishdi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, buddoyilarni komendantlik soati, favqulodda holat rejimi va ko‘chalarda huquqni muhofaza qilish xodimlari sonining ko‘p ekani ham to‘xtata olmagan.
Xususan, Pallekl shahrida hujum qilganlar do‘konlar va restoranlarni vayronaga aylantirdi, shuningdek, uylarga benzin sepib, ularni yoqib yuborishgan.
Eslatib o‘tamiz, 6 mart kuni Shri-Lankada o‘n kunga favqulodda holat rejimi joriy etilgandi, bu markaziy mintaqada to‘qnashuvlar yuz bergani sabab ro‘y berdi.











