Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirişdi. 

Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, unda rasmiy delegatsiyalar a'zolari, ikki mamlakat vazirliklari va yirik kompaniyalari rahbarlari, çegaraoldi viloyatlari hokimlari iştirok etdi.

Özbekiston qöşni davlatlar bilan döstlik va hamkorlikni mustahkamlaşni öz taşqi siyosatining ustuvor yönalişi sifatida belgilagan. Şavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi va sa'y-harakatlari tufayli qisqa muddatda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Tojikiston bilan munosabatlardagi dolzarb masalalar hal etildi.

Özbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi örtasidagi davlat çegarasi çiziğini huquqiy jihatdan rasmiylaştiriş böyiça erişilgan kelişuvlar bu borada ulkan ahamiyat kasb etadi. Taşrif doirasida şunga oid şartnomaning imzolanişi nafaqat mamlakatlarimiz va xalqlarimiz, balki butun mintaqa hayotida tarixiy voqea böladi.

Fuqarolar bordi-keldisi uçun öttiz kungaça vizasiz tartib joriy etilgani, çegaradan ötkaziş punktlari faoliyatining qayta tiklangani, Toşkent va Duşanbe örtasida aviaqatnov oçilgani ham hamkorlikning muhim amaliy natijalaridir.

Muzokarada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Özaro tovar ayirboşlaş hajmi ötgan yili 240 million dollarni taşkil etgani qayd qilindi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev tovar ayirboşlaşni köpaytiriş va uning hajmini yaqin yillarda 500 million dollarga yetkaziş uçun hali işga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini ta'kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikki mamlakat bozorida xaridorgir mahsulotlarni yetkazib berişni köpaytiriş, savdo-logistika tarmoğini kengaytiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Özbekiston mamlakatlarimiz hududlari va yetakçi korxonalari örtasidagi kooperatsiyani kengaytirişdan manfaatdor. Muzokaralarda qişloq xöjaligi texnikasini yiğiş, zamonaviy quriliş materiallari, tayyor töqimaçilik, elektrotexnika va oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça loyihalar taklif etildi.