Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasiga uyuştirgan davlat taşrifi davomida bugun qöşni davlat parlamenti quyi palatasi raisi Şukurjon Zuhurov bilan uçraşgani haqida avvalroq ham xabar bergan edik.
Asia-plus media guruhining Tojikiston parlamenti quyi palatasi matbuot xizmatiga tayanib yozişiça, Şavkat Mirziyovning Tojikiston Respublikasi Oliy majlisining namoyandalar majlisi raisi Şukurjon Zuhurov bilan uçraşuvida tomonlar ikki davlat parlamentlari örtasidagi munosabatlarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilingan.
«Biz Özbekiston Oliy Majlisi va Tojikiston namoyandalar majlisi örtasida hamjihatlik va hamkorlikni kuçaytirişimiz kerak. Parlament doimo xalq irodasini ifoda etadi, şu sababli xalqlarimiz nimani istaşayotganini bilişimiz muhim», — degan Mirziyoyev.
Mirziyoyev parlament işini juda yaxşi bilişini ta'kidlab ötgan.
«Men 15 yil davomida parlamentda işlaganman va öz tajribamdan kelib çiqib aytişim mumkinki, avvaliga xalqni eşitiş, keyin qaror çiqarmoq kerak, aksinça emas», — degan Özbekiston rahbari.
Öz navbatida, Şukurjon Zuhurov Özbekiston va Tojikiston örtasida yaxşi qöşniçilik aloqalari örnatilişida Şavkat Mirziyoyevning muhim xizmati bölganini qayd etib ötgan.
«Özbekiston va Tojikiston örtasida konstruktiv muloqot aynan siz hokimiyat tepasiga kelganingizdan söng örnatila boşladi. Işonçingiz komil bölsin, yaxşilikni unutmaydigan tojik xalqi sizning ezgu niyatlaringizni va siyosiy irodangizga munosib baho beradi», — degan Zuhurov.
Mirziyoyevning prezidentlik faoliyatidagi birinçi yilining taşqi siyosatdagi muhim yutuqlar haqida gapirar ekan, Zuhurov nafaqat Tojikiston, şuningdek, Qirğiziston bilan ham munosabatlar iliqlaşgani, hamkorlikning köplab sohalarida ilğor natijalarga erişilganini qayd etib ötgan.
«Biz tojikistonliklar ertami-keçmi bizning köp asrlik yaxşi qöşniçilik aloqalarimizda, albatta, yaxşi kunlar kelişi va hammasi öz iziga qaytişiga işonar edik. Şu sababli sizning Duşanbega taşrifingiz Tojikiston va Özbekiston uçun çindan ham muhim voqea sanaladi», — degan Tojikiston parlamenti raisi.
















