Rossiya havo-kosmik kuçlarining MiG-31 qiruvçisi “Kinjal” yuqori aniqlikdagi aviatsiya raketa kompleksi gipertovuşli raketasini sinov tarzida uçirdi. Samolyot Janubiy harbiy okrugdagi aerodromdan uçgan, deb xabar berdi RF Mudofaa vazirligi «VKontakte»da. Mahkama videoni ham joylaştirgan.

Ta'kidlanişiça, sinov muvaffaqiyatli ötdi – raketa poligondagi belgilangan obektni aniq nişonga olgan. Sinov davomida «Kinjal»ning taktik-texnik jihatlari va vaqt körsatkiçlari tasdiqlandi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi gipertovuşli raketalar armiyaga topşirilgani haqida 1 mart kuni, Federal yiğilişga murojaati vaqtida xabar berdi. Uning ta'kidlaşiça, komplekslar dunyodagi bironta ham şunday majmuaga öxşamaydi.

Modernizatsiya qilingan tutib oluvçi qiruvçilar jihozlanadigan gipertovuşli "Kinjal" tizimi raketalari ehtimoliy duşmanning aviataşuvçilari, esminetslari va kreyserlariga zarba berişi mumkin.