Şu kunlarda xizmat vazifamizdan kelib çiqib, bir murojaat böyiça Samarqand viloyati Nurobod tumaniga borişga töğri keldi. “Samarqand-Qarşi” yölidan 4R52 yöli orqali tuman markaziga boriş uçun atigi 27 km qolganligini yöl yoqasiga örnatilgan belgidan bilib oliş mumkin. Ha, demak közlagan manzilimizga oz qoldi. 15-20 daqiqada tuman markazida bölamiz.

Ammo...çuçvarani xom sanaganligim yöl uzra tuman markazi tomon ketarkanman, bilina boşladi. Yölning juda ham xarob ahvolda ekanligi sababli 27 km masofani naq 50 daqiqada bosib ötdik. Bu yölda ketarkanmiz, nima uçun tuman hokimligiga borayotganimiz bir muddat yoddan ham kötarildi. Albatta, boraverişda yöl çetlariga şağal tökilganini ham qayd etişimiz joiz. Biz suhbatlaşgan mahalliy aholi vakillaridan birining sözlariga köra, har yili bahor mavsumida xuddi şu tarzda, ya'ni şağal yotqizilib, çuqurlar töldiriladi va şu bilan ta'mirlaş amalga oşiriladi. Bir-ikki marta yomğir yaxşilab yoqqanidan söng, şağaldan asar ham qolmaydi.

Nurobod tuman hokimligida hokimning birinçi örinbosari Şuhrat Abdurazzoqov bilan uçraşdik. Unga qilgan ilk murojaatimiz ham aynan şu yöl masalasi böldi.
Ş.Abdurahmonov 4R52 “A-378 avtoyöli Sariköl q.-Nurobod ş.-Sepki q.-Qarnab q.-Navoiy ş.” Avtomobil yölining 0-27 km.lik holati juda açinarli ekanini tan olar ekan, mazkur yöl va 4R53 “Nurobod ş.-Nurbuloq ş.-Iştixon ş.” avtoyölining 0-31 km masofasi ham qoniqarsiz va ta'mirga muhtojligini qayd etdi.

Uning sözlariga köra, respublika işçi guruhining 2018 yil 26 fevral kuni Samarqand şahrida ötkazilgan yiğilişida uşbu yöllarni ta'mirlaş masalalari ham muhokama qilingan. Unda Samarqand, Kattaqörğon va tumanlardagi içki xöjalik yöllarini joriy ta'mirlaş böyiça manzilli röyxati tasdiqlangan hamda 4R52 “A-378 avtoyöli Sariköl q.-Nurobod ş.-Sepki q.-Qarnab q.-Navoiy ş.” avtomobil yölining 0-27 kilometri va 4R53 “Nurobod ş.-Nurbuloq ş.-Iştixon ş.” avtoyölining 0-31 km masofasi joriy ta'mirlanişi belgilangan. Tuman hokimligi quriliş işlari böyiça bölimi boş mutaxassisi Navröz Rahmonov bizga taqdim qilgan hujjatda bu narsa qayd etilgan edi.





















