NATO boş kotibi Yyens Stoltenbergning Britaniya TIV rahbari Boris Jonson bilan suhbat çoğida ma'lum qilişiça, Buyuk Britaniyaning GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanişida Rossiya izi bor ekaniga oid xavotirlarini töla qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda mahkama saytida xabar qilinadi.
«TIV rahbari NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg bilan suhbatlaşib, NATO mamlakatlari Rossiya tomonidan kelayotgan tahdid oldida birdam bölişi muhim ekanini ta'kidlab ötdi. Bu tahdid nafaqat Buyuk Britaniya, balki bizning NATO böyiça ittifoqçilarimizning xavotiriga ham sabab bölmoqda», - deya xabar qilinadi saytda.
Eslatib ötamiz, avvalroq amerikalik senator Jon Makkeyn Rossiya prezidenti Vladimir Putin GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalga uyuştirilgan hujum uçun mas'ul ekani haqida ma'lum qilgandi.













