14 mart kuni Toşkent şahrida "Şveytsariya töqimaçilik texnologiyalari" simpoziumi bölib ötdi. Unda Şveytsariyadagi 43 kompaniyani öz içiga olgan konglomerat vakillari iştirok etişdi. Tadbirda qatnaşgan KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, ikki mamlakat örtasida töqimaçilik sohasida keng qamrovli va uzoq muddatli hamkorlik aloqalari örnatilişi közda tutilgan. 

Şveytsariya töqimaçilik sohasi vakillarining sözlariga köra, mamlakatdagi ba'zi töqimaçilik korxonalari 200 yillik tarixga ega bölib, bu ularning sohada yuqori tajriba va sifatga erişganidan dalolat beradi. 

Özbekistonning tekstil va tikuvçi-töqimaçilik yönalişi iqtisodiyotning eng barqaror rivojlanayotgan va jozibador sohalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi iqtisodiy ösiş va aholi bandligini ta'minlaşda yengil sanoatning muhim rolini inobatga olgan holda, hozirda  jahonning ilğor kompaniyalari uning rivojiga alohida e'tibor qaratişmoqda. Sönggi yillarda uşbu soha xorijiy kapital iştirokida yaratilayotgan korxonalar soni hamda iqtisodiyotning real sektorida zamonaviy uskunalarning uluşi böyiça yetakçilik qilmoqda. 

Şveytsariya töqimaçilik texnologiyalari kompaniyalari Özbekiston bilan ilk hamkorlik şartnomasini 1993 yilda imzolagan. 2015 yilda mamlakatimizga olib kelingan töqimaçilik qurilmalari soni 400 tani taşkil qilgan, 2016 yilda esa bu körsatkiç 600 taga yetgan. 

Şveytsariya töqimaçilik uskunalari işlab çiqaruvçilari bilan uzviy hamkorlik Özbekistonda töqimaçilik sohasi oldiga qöyilgan maqsadlarga erişişda muhim rol öynaydi. Bugungi kunda mamlakat korxonalarida «Rieter» (yigiriş dastgohlari),  «Saurer» (töquv maşinalari), «Uster» (laboratoriya uskunalari), “Luwa” va boşqa kompaniyalar uskunalari örnatilgan. 

Foto: Kun.uz

Tadbirda ta'kidlanişiça, Şveytsariyadan Özbekistonning töqimaçilik sohasi rivoji uçun keltirilayotgan uskunalar özining energo- va xomaşyo tejamkorligi bilan ajralib turadi.