«Ögay mahalla» yoxud şovotliklarni qiynayotgan ijtimoiy muammolar
|22:04 / 17.03.201841 84313 min
KUN.UZ tahririyatiga Xorazm viloyati, Şovot tumani, Çiğatoyqal'a qişloği, «Guliston» mahallasida istiqomat qiluvçi bir guruh mehnat faxriylari, fermerlar, nafaqaxör onaxonlardan murojaat tuşdi.
Ular qişloqdagi ijtimoiy muammolar böyiça şikoyat qilişdi. Xatda bolalar boğçasi işlamayotgani, uning ayançli holatda ekani, mahallada kutubxona tugatib yuborilgani, içimlik suvi tarmoği yöqligi, qişloq vraçlik punktiga ega emasligi, guzar tugul, hatto sartaroşxona yöqligi, masjid mavjud bölişiga qaramay, unda ibodat qilişga ruxsat berilmagani körsatilgan.
Vaziyatni örganiş uçun Şovot tumani, Çiğatoyqal'a qişloğining «Guliston» mahallasiga taşrif buyurdik. U yerda mehnat faxriylari Matçonov Jumanazar, Qalandarov Şermat, Boyjonov Bekturdi, Ahmedov Xudoyor va boşqa fuqarolar bilan uçraşdik.
Şovot tumani, Çiğatoyqal'a qişloği
Çiğatoyqal'a qişloğining «Guliston» mahallasi Şovot tumani markazidan 7 km uzoqlikda joylaşgan. Unda 600dan ziyod xonadon mavjud.
Fuqarolarning sözlariga köra, mustaqillikka erişilganidan söng, mahallada birorta madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy obekt qurilmagan. Mavjud bölganlari esa tugatilib, mulki talon-toroj qilib yuborilgan.
Vayronaga aylanayotgan «Orzu» maktabgaça ta'lim muassasasi
1985 yilda «Mehnatobod» jamoa xöjaligi mablağlari hisobiga mahallada «Orzu» maktabgaça ta'lim muassasasi barpo qilingan. Unda şu mahalla bolalari ta'lim-tarbiya olgan, savodini çiqargan.
Mahalla aholisining aytişiça, 2015 yilda boğça kapital ta'mirlaş bahonasida yopilgan, ammo hozirgi kungaça heç qanday ta'mirlaş işlari bajarilmagan va qarovsiz ahvolda, öz holiga taşlab qöyilgan. Uni tugatib yuboriş haqida biror qaror mavjud emas, ammo boğça mulki (ya'ni davlat mulki) talon-toroj qilib yuborilgan.
«Orzu» bolalar boğçasi 2015 yilda ta'mirlaş uçun yopilgan. Şundan beri faoliyat körsatmaydi
Mavzuga oid
Boğçaning isitiş moslamalari, trubalari, batareyalari talon-toroj qilingan
Boğçaning oşxonasi, ovqatlaniş va kiyiniş xonasining ahvoli
Faxriylar bilan bölgan suhbatda, 66 yoşli Jumanazar aka bergan bir ma'lumot bizni hayron qoldirdi.
«Boğçaning yopilib ketmasligi uçun, u yerda işlayotgan tarbiyaçilar va boşqa xodimlarning har biri, öz ixtiyori bilan, öz maoşi hisobidan, 10 nafar bolaning boğça puli yarmini tölab kelişgan! Bu bilan kam ta'minlangan oila bolalarining boğçadan qolib ketmasligi, muassasaning esa yopilib, tugatib yuborilmasligiga umid qilişgan. Axir qanday qilib bunday xodimlarni işsiz qoldiriş mumkin?» - deydi Jumanazar aka.
Ayni paytda, mahalla bolalari boşqa hududlardagi, 4-5 km uzoqlikdagi boğçalarga borişga majbur. Bu juda uzoq va noqulay. Bunday xarajatlarni faqat şaxsiy transporti bor va öziga töq oilalargina kötara oladi. Ular esa ozçilik.
Boğçaning binosi hali ham mustahkam, biroq oynalari singan, talab ketilgan. Suv bosimi minorasi temir ustunlari kesib, olib ketilgan
Mahalla fuqarolarini boğçaning xususiylaştiriş masalasi ham qiynamoqda. Agar boğça xususiy tadbirkorlarga sotib yuborilsa, boğça pulining qimmat bölişi, natijada, oilalar qiynalib qolişi, buning oqibatida bolalarini boğçaga bermay qöyişi, şundan söng, umuman tugatilib, uning tijorat maqsadlarida işlatiliş xavfi borligi aholini taşvişga solgan.
1985 yilda barpo qilingan boğça keyinçalik bir neça marta şu mahalla fuqarolarining taşabbusi va haşari bilan ta'mirlab berilgan. U juda puxta qurilgan bölib, 33 yilda eskirib, yaroqsiz holga kelişiga işonging kelmaydi.
Bir paytlar bu ayvonçada bolalarning şodon kulgisi, qiyqiriqlari yangrab turgan
Bu otaxonlarga boğça nimaga kerak ekan, nabiralarini uyda öynatib, tarbiyalab ötirsa bölmasmikan degan fikr hayolingizdan ötişi mumkin. Ular bilan yaqindan tanişgaç, bu savollarga javob topasiz.
Matçonov Jumanazar aka şu qişloqda 24 yil davomida maktab direktori bölib işlagan, geografiya fanidan dars bergan. Ayni paytda, nafaqada. Jumanazar akaning 176 nafar (!) öquvçisi Respublika fan olimpiadalarida iştirok etgan. Uning şogirdlari Xorazm viloyati tarkibida 13 marta Respublika olimpiadalarida 1-örinni egallagan. 4 nafar öquvçisi esa, Moskvada ötkazilgan xalqaro olimpiadada bronza medallarini qölga kiritişgan.
Allaberganov Anvar (huquq fanlari nomzodi, professor), Duşamov Şuhrat (fizika fanlari nomzodi, yadro fizikasi olimi), Matçanov Muzaffar (fan nomzodi, xalqaro ekologiya böyiça mutaxassis) kabi olimlar aynan şu qişloqning farzandi hisoblanadi. Bundan taşqari, qişloqning köplab fuqarolari ayni paytda oliy ta'lim dargohlarida dars berib, davlat idoralarining rahbarlik lavozimlarida işlab kelmoqda, Özbekistonning ravnaqi uçun mehnat qilmoqda. Bularning barçasi şu qişloqda bolalarning tarbiyasi, öquvçilarning bilimiga, ilm-ma'rifatga qaratilgan e'tibor tufayli bölgan. Boğça esa şu tizimning ajralmas bir böğini hisoblanadi.
«Boğçamiz saqlanib qolsin, u işga tuşirilsin. Bolalarimizni, nabiralarimizni boğçaga beraylik. Ular öqisin, örgansin, ilmli-ma'rifatli bölsin. Biz mana şuni istaymiz» - deydi köp yillar davomida maktab öqituvçisi bölib işlagan Şermat aka.
Talon-toroj qilingan içimlik suvi ta'minoti tarmoği
«Guliston» mahallasida içimlik suvi ta'minoti tarmoği qurilişi ötgan asrning 90-yillarida boşlangan, ammo oxirigaça yetkazilmagan. Keyinçalik esa uning uskunalari, quriliş materiallari talon-toroj qilingan. Ayni paytda mahalla aholisi yer osti suvini içmoqda, bundan taşqari, haftada bir marta ularga içimlik suvi tarqatilmoqda.
Tugatib yuborilgan, talangan qişloq vraçlik punkti
«Guliston» mahallasida mavjud bölgan tibbiyot punkti ham tugatib yuborilgan. Buning sababi sifatida, qöşni «Böston» mahallasidagi qişloq vraçlik punkti (QVP) tarkibiga qöşib yuborilişi körsatilgan. Şundan söng, gulistonliklar 1-1,5 km masofani bosib ötib, «Böston» mahallasidagi QVPga borişga majbur bölişgan.
«Böston» mahallasidagi sobiq qişloq vraçlik punkti, hozirgi kunda tayanç punktga aylantirilgan
Afsuski, yaqinda «Böston» QVP ham «optimizatsiya» bahonasida tugatilib, «Mehnatobod» mahallasidagi oilaviy poliklinikaga qöşib yuborilgan. Ayni paytda, «Böston» va «Guliston» mahallasi fuqarolarining bu poliklinikaga borişi uçun 4-5 km masofani bosib ötişiga töğri keladi. Mahalliy aholining noroziligi va şikoyatlaridan söng, «Böston» QVP tayanç punkti sifatida qoldirilgan. Unda mavjud bölgan yangi, zamonaviy tibbiyot uskunalari, avtoklav, laboratoriya jihozlari, EKG va boşqa uskunalar yuk maşinasida olib ketilmoqçi bölganida, bundan xabar topgan mahalliy aholi kelib, norozilik bildirgan. Şundan söng, yuk maşinasida kelganlar közdan ğoyib bölişgan. Ammo, tunda kelib, barça jihozlar va uskunalar odamlarga bildirmasdan olib ketilgan.
«Böston» QVPga tegişli bölgan qimmatbaho, zamonaviy tibbiy uskunalar olib ketilgan, xonalar böm-böş
E'tiborli jihati, «Böston» QVP yonida 44-son umumiy örta ta'lim maktabi bor. Şu yerda mehnat qiluvçi öqituvçilar oldimizga kelib, şu QVP saqlab qolinişini iltimos qilişdi. «Biz bolalar bilan işlaymiz, biror kor-hol yuz bersa, darhol şu yerga kelib, ular uçun tibbiy yordam olardik. Biz uçun yaqin va qulay edi. Endi 4-5 km masofaga qanday qilib boramiz» - dedi maktab öqituvçilaridan biri kuyinib.
Qurilişi paysalga solinayotgan mahalla guzari
«Guliston» mahallasida guzar tugul, sartaroşxona ham yöq. Mahalla tadbirkorlaridan biri Ahmedov Xudoyor aka bundan 5 yil oldin guzar taşkil qilişni, uni barpo qilib, işga tuşirişni öz zimmasiga olib, Şovot tumani arxitektura bölimiga ariza topşirgan ekan.
«Şu paytgaça heç qanday javob olmadim. Biz şu guzarni qurib, sartaroşxona, temirçilik ustaxonasi va boşqa qulayliklarni yaratmoqçi edik. Ammo iş haligaça paysalga solib kelinyapti. Sababini bilmaymiz» - deydi Xudoyor aka.
Yopib yuborilgan kutubxona
«Guliston» mahallasida sobiq jamoa xöjaligi mablağlariga barpo qilingan mö'jaz kutubxona mavjud bölgan. Keyinçalik uning binosi mahalla idorasiga aylantirilib, kutubxona tugatilib yuborilgan. Ayni paytda, «Mehnatobod» madaniyat saroyida yangi kutubxona taşkil qiliş işlari boşlab yuborilgan, ammo uning uzoqligi mahalliy aholini norozi qilmoqda.
«Guliston» mahallasi kutubxonasi tugatilib, uning binosi mahalla idorasiga aylantirilgan. Kitoblar bilan töla bölgan xonalar bugungi kunda böm-böş
«Kutubxonamiz fondida 3000-4000ta kitob mavjud edi. Ayni paytda 1 dona kitobni 40-50 ming sömga olyapmiz. Bugungi kunda yoşlarimizni kitobxonlikka örgatiş yuzasidan çora-tadbirlar körilmoqda. Mahalla hududidagi boy kitob fondiga ega bölgan kutubxona esa tugatilib yuborildi. «Mehnatobod» madaniyat saroyida taşkil qilinayotgan kutubxona bizdan 4-5 km uzoqlikda. Bolalar unga qanday qilib boradi?» - deydi mahalla köçaboşisi Bekturdi aka.
Hozirgi kunda, gulistonliklar mahalla idorasiga aylantirilgan sobiq kutubxonani tiklab berişni iltimos qilişyapti.
«Şu kutubxona uçun ajratilgan xonani öz hisobimizdan ta'mirlab berişga ham tayyormiz. Maqsad - farzandlarimiz kitobga mehr qöysin, öqisin, ilmli-ma'rifatli bölsin» - deydi Xudoyor aka.
Ibodat qilişga ruxsat berilmagan masjid
«Guliston» mahallasida masjid bor. U tarixiy obekt hisoblanadi. Xiva xoni davrida barpo qilingan mö'jazgina masjid keyinçalik abgor ahvolga kelib qolgan. Mahalliy aholi uni haşar va xayriya yöli bilan ta'mirlab, tiklab olgan. Ammo, ayni paytda bu masjidda ibodat qilişga ruxsat yöq.
«Guliston» mahallasida haşar va xayriya yöli bilan ta'mirlangan tarixiy masjid. Unda ibodat qilişga ruxsat yöq
Mahalla otaxonlari bu masjidda ibodat qilişga Ramazon oyigaça ruxsat berilişdan umidvor bölişyapti.
«Namozimizni şu masjidda öqisak, ibodatimizni qilsak. Juma namozi, tarovihlar uçun 7-8 km yöl bosib, tuman markaziga boryapmiz. Bu biz uçun juda noqulay va qiyin. Mahallamiz masjidini ta'mirlab, tayyor qilib qöydik. Ammo unda ibodat qilişga ruxsat yöq. Şu masala Ramazon oyigaça (15 may kuni boşlanadi) hal bölsa, xursand bölar edik» - deydi otaxonlardan biri.
Mahalla fuqarolarining ma'lum qilişiça, «Guliston» mahallasidagi ijtimoiy muammolar haqida fuqarolar bir qança joylarga, xususan, Xorazm viloyati hokimiyati, Şovot tumani hokimiyati va Xalq qabulxonalariga murojaat qilişgan. Ammo, ular tomonidan amaliy yordam bölmagaç, KUN.UZ tahririyati bilan boğlanişga jazm qilişgan.
«Guliston» mahallasi tumanimiz uçun ögaymi, nega uning muammolari heç kimni qiziqtirmayapti? Bizning şikoyatimizni, dardimizni eşitadigan odam bormi?» - deb kuyinadi Jumanazar aka.
Biz bu muammolar böyiça Şovot tumani hokimiyatiga murojaat qilib, yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş, ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça hokim örinbosari vazifasini bajaruvçi Muhiddin Quronboyev bilan uçraşdik. U mahalla aholisiga öz vakolati doirasidagi masalalar böyiça yordam berişni va'da qildi.
Bu masala yuzasidan, ÖzLiDeP partiyasidan, 53-Çiğatoy saylov okrugidan Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengaşiga saylangan deputat Ilyos Abdullayev bilan ham suhbat qurdik. U ham öz vakolati doirasida, mahalla fuqarolarining muammolari bilan şuğullanişga, deputatlar kengaşi muhokamasiga olib çiqişga söz berdi.
Xulosa örnida
Şovot tumanidan qaytar ekanman, mahalla otaxonlari, onaxonlarining talab va istaklarining mohiyati meni hayratda qoldirdi. Odamlar öziga yer, arzon kredit, uy-joy va boşqa narsalarni sörab murojaat qilayotganini körgan, eşitgandim. Ammo, qişloq farzandlarining boğçaga borişi, ilmli, ma'rifatli bölişi, kutubxona oçilib, undan kitob olib öqişi, aholisining malakali tibbiy yordam olişi, bolalarining soğlom bölib ulğayişi, öz manfaati uçun emas, balki kelajak avlod manfaati uçun jon kuydiradigan insonlar ham bor ekanidan çuqur ta'sirlandim.
Otaxonlarning bir gapi fikru-hayolimda jaranglayverdi - «Biz şu qişloq farzandlarining tayoqni qöliga uşlab, qöyning, molning ketidan yugurib, katta bölişini istamaymiz. Ilmli-ma'rifatli, odob-axloqli, bizdan ham aqlli bölişini, yaxşi yaşaşini xohlaymiz. Bizdan keyin obod qişloq, farovon yurt qolişi tarafdorimiz!»
Ayni paytda, bizlarda, rahbarlarda, yurt istiqboli uçun mas'ul mulozimlarda kelajagimizni kimlarga işonib topşirişni tanlaş imkoniyati bor: ilm-ma'rifatli, yetuk avlodgami yoki savodsiz, omi, johillargami...
Biz albatta «Guliston» mahallasidagi vaziyat böyiça voqealar rivojini kuzatib boramiz.