Kattaqörğon tumani hokimi örinbosari M.Muzaffarov va Samarqand viloyati xalq ta'limi boşqarmasi boşliği örinbosari Q.Saidov nomidan Kattaqörğon tumanida 14 mart kuni sodir bölgan baxtsiz hodisa yuzasidan rasmiy axborot berildi.

Unda keyingi kunlarda internet saytlarida va turli ijtimoiy tarmoqlarda 14 mart kuni Kattaqörğon tumanida sodir bölgan baxtsiz hodisa haqida berilgan xabarlar notöğri talqin qilingani keltirilgan.

«Keyingi kunlarda internet saytlarida va turli ijtimoiy tarmoqlarda 14 mart kuni Kattaqörğon tumanida sodir bölgan baxtsiz hodisa tafsilotlari e'lon qilindi. 

Mazkur holat yuzasidan prokuratura idoralari quyidagilarni ma'lum qiladi:

2018 yil 14 mart kuni soat 13:00da Kattaqörğon tumani Alijon mahallasi hududidan ötuvçi M-37 yölining 66-kilometrida Akramjon Bozoroviç Elmurodov Zarifjon Rijaboyeviç Isroilov nomiga rasmiylaştirilgan «KamAZ» rusumli 30 Y 275 JA davlat raqamli avtomaşinasini boşqaruv huquqini beruvçi hujjatlarsiz Samarqand yönalişi tomon boşqarib borib, yölni kesib ötayotgan Diana Aleksandrovna Yenekeyevani urib yuborib, yöl-transport hodisasi sodir etgan. 

D. Yenikeyeva olingan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqörğon IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Marhum Yenikeyeva Diana Aleksandrovna, 1995 yil 14 iyunda Kattaqörğon şahrida tuğilgan. Millati – rus. Ma'lumoti – örta-maxsus. Kattaqörğon tumanidagi 42-umumta'lim maktabi öqituvçisi. Oilali, 1 nafar farzandi bor. Kattaqörğon şahar Xorazmiy köçasi, 14-uyda yaşagan.

Haydovçi Elmurodov Akramjon Bozoroviç, 1980 yil 20 aprelda Narpay tumanida tuğilgan. Millati – özbek. Ma'lumoti – örta. Muqaddam sudlanmagan. Oilali, 3 nafar farzandi bor. Yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan şuğullanadi. Narpay tuman, T.Roziqov mahallasi Balandboğ qişloğida yaşaydi. 

Tuman prokurori tomonidan jinoyat işini sifatli va har tomonlama xolisona tergov qiliş yuzasidan yozma körsatma berilgan.

Tergov harakatlari olib boriş jarayonida D.Yenikeyevaning ölimi sababi yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza hamda yöl-ulov hodisasi sodir etgan «KamAZ» rusumli yuk avtomaşinasi böyiça sudga oid avtotexnika ekspertizasi tayinlangan.

Örganişlar natijasiga köra, maktab öqituvçilari, jumladan Diana Yenikeyeva ham heç qanday yöl çetini tozalaş, supuriş uçun çiqarilmagan.