Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
La Liga. Ronalduning "poker"i "Real"ga yirik g‘alaba keltirdi
Ispaniya chempionatining 29-turida "Real Madrid" o‘z maydonida "Jirona"ni qabul qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 6:3 hisobida "Real" foydasiga hal bo‘ldi.
Madridliklar safida Ronaldu poker qayd etgan bo‘lsa, Vaskes hamda Beyl o‘z hisobiga 1tadan gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar tarkibida Stuani dublga erishidi, yana bir gol esa, Xuanpe tomonidan kiritildi.
29-turdan so‘ng "Real" 60 ochko bilan 3-o‘rinni band qilgan, "Jirona" 43 ochko bilan 7-pog‘onani egallab turibdi.
Real Madrid – Jirona 6:3
Gollar: 1:0 – 11 Ronaldu, 1:1 – 29 Stuani, 2:1 – 47 Ronaldu, 3:1 – 59 Vaskes, 4:1 – 64 Ronaldu, 4:2 – 67 Stuani, 5:2 – 86 Beyl, 5:3 – 88 Xuanpe, 6:3 – 90 Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Nacho, Vaskes, Kovachich (Modrich, 71), Kroos, Asensio (Beyl, 70), Benzema (Isko, 83), Ronaldu.
Jirona – Bunu, Espinosa, Xuanpe, Moxika, Ramalo, Portu, Pons, Garsiya (Losano, 69), Granel, Maffeo (Aday, 83), Stuani (Olunga, 87).
Ogohlantirishlar: Moxika (30), Karvaxal (52), Granel (90).
Mavzuga oid
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026