2017 yil tahliliga köra, Samarqand şahriga turli davlatlardan jami 170 ming 600 nafar sayyoh kelib ketgan bölib, ularning xavfsizligi töliq ta'minlangan. 2018 yilda esa bu körsatkiç 350 ming nafar bölişi kutilmoqda. Şuningdek, mahalliy sayyohlar oqimi tahlil qilinganda, 2017 yilda Samarqand şahriga 1,114,022 nafar mehmon kelgan bölsa, 2018 yilda bu körsatkiç 1,745,000 nafarni taşkil etişi kutilmoqda.

Samarqandga taşrif buyurayotgan turistlarning tobora köpayib borayotganligini, bunday tendensiyani saqlab turiş uçun turistlar xavfsizligini ta'minlaş muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, Samarqand viloyat Içki işlar boşqarmasining Xavfsiz turizmni ta'minlaş boşqarmasi xodimlari Respublikaning boşqa viloyatlarida uçramaydigan zamonaviy texnologiya bilan ta'minlanmoqda. Bu haqda Samarqand IIB Matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Jumladan, xodimlarga «Sigvey» (ingl. Segway) deb ataluvçi elektron uskuna berilgan bölib, uşbu «Sigvey» 160 kg yukni kötara oladi va soatiga 20 km tezlikda harakatlanadi. «Sigvey» uskunasi ekologik toza bölib, avtomaşinalarda harakatlanib bölmaydigan va odamlar gavjum joylarda ham erkin harakatlanib, turizm maqsadida taşrif buyurgan şaxslarga xavf tuğilganida ularning oldiga tezda yetib borişni ta'minlaydi.

«Bundan taşqari, Samarqand viloyatining köp turistlar taşrif buyuradigan turistik obektlar atrofiga xavfsiz turizm xodimlari uçun maxsus köçar xonalar ham taşkil etilgan bölib, bu yurtimizga taşrif buyurgan turistlarni xavfsiz harakatlanişini kuzatib borişga möljallangan. Bundan taşqari, uşbu maxsus köçar xonalar taşqi tomoni özgaça dizayn körinişiga ega bölib, xavfsiz turizm xodimlarining har qanday ob-havoda hamda tunu kun öz xizmat vazifasini bajarişga qulaylik yaratadi», deyiladi Samarqand IIB Matbuot xizmati xabarida.