"Özstandart" agentligining 05–912 sonli qarori bilan tasdiqlangan "Özbekiston Respublikasining standartlaştiriş tizimi. Eksport qilinadigan mahsulot tamğasiga tuşiriladigan tovar belgisi"ga doir Oʻz DSt 3284:2017 davlat standarti dolzarb va öz vaqtida qabul qilindi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasidan xabar berilişiça, mazkur standart eksport qilinayotgan tovarlar tamğasida www.uzbekistan.travel saytiga havola berilgan Welcome to Uzbekistan belgisidan majburiy foydalanişni közda tutadi. Belgi tuşiriluvçi yuza tamğaning aniq va yaqqol tasvirini ta'minlaşi kerak. Ta'kidlaş joizki, standart xöjalik sub'yektlari tomonidan işlab çiqariluvçi mahsulotlarda qöllaniladi.

Uşbu standartning öziga xos jihatlaridan biri şuki, u xorijliklarga nafaqat Özbekistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanişiş imkonini beradi, balki eksport qilinayotgan mahsulot haqida yanada aniq tasavvur hosil qiladi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimovning sözlariga köra, Özbekistonda turizmni rivojlantiriş, xorijliklarni mamlakatga jalb qiliş uçun uşbu standartni köproq qöllaş maqsadga muvofiqdir. Tamğa Özbekistondan eksport qilinadigan mahsulotlarga yopiştiriladi. Çet elliklar şu tamğadagi QR-kod (Quiick response - tezkor ma'lumot oliş imkonini beruvçi kod) yoki www.uzbekistan.travel sayti orqali Özbekiston haqida köproq ma'lumot olişadi va ularning aksariyatida bu yurtga qiziqiş, keliş istagi paydo böladi. Bu salohiyatli turistlarni köpaytiriş yölida amalga oşirilayotgan usullardan biri. Eksportga çiqayotgan xöl meva yo sanoat mahsulotlari yoxud töqimaçilik mahsulotlari va boşqa tovarlar yangi standart tamğa bilan taqdim etilsa, işlab çiqaruvçilar ham Özbekistonda turizmni rivojlantirişga öz hissalarini qöşgan bölişardi.
Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, mazkur standartdan foydalaniş Özbekiston Prezidentining 2017 yil 2 oktabrdagi Turizmni rivojlantiriş böyiça davlat siyosatini amalga oşiriş masalalariga bağişlangan yiğilişi Protokoli ijrosini ta'minlaşga qaratilgan Nazorat rejasi punktlaridan biriga kiradi.

















