Özbekistonda bahor fasli kirib kelişi bilan ayni mavsumning şoh taomlaridan bölmiş sumalak deyarli barça xonadonda tayyorlanadi. Uni hamma suyib iste'mol qiladi. Afsuski, ayrim holatlarda uşbu taomni asossiz ravişda muqaddaslaştiriş közga taşlanadi. Özbekiston Musulmonlari idorasi saytida e'lon qilingan maqolada uşbu holatni muolaja qiliş maqsad qiliingan.  

Keyingi paytlarda töqçilik, farovonlik, moddiy tarafdan keng-mölçilik sababli ne'matlarga nisbatan noşukurçilik va isrofgarçilik holatlari avjiga çiqqani ham ayni haqiqat. Bu salbiy holatni ziyofat, töy-tomoşa, ma'raka-marosim va boşqa tadbirlarda ham köriş mumkin. Sumalak va unga tegişli jarayonlar-da mazkur salbiy holatlardan xoli emas.

Birinçidan, diniy savodsizlik tufayli sumalakni muqaddas taom sifatida ardoqlaş va uni tayyorlaş jarayonini ibodat darajasiga kötariş yoki mazkur holatni ilohiylaştiriş holatlari ham bor. Şuning uçun bölsa kerak, sumalakning paydo böliş tarixi töğrisida har xil töqima xabar va “hadis”lar tarqalgan. 

Şunday voqealardan biri – sumalak aslida “semalak”, ya'ni “uç farişta” deb atalib, uni Fotima onamiz roziyallohu anho öğillari Imom Hasan va Imom Husayn roziyallohu anhumolar uçun tayyorlab bergani haqidadir. Ona uyda heç vaqo yöqligi bois öçoqqa öt yoqib, qozonga suv solib, uni qaynatiş jarayonida kavlab turgan va öğillarini tinçlantiriş uçun qozondan şaqur-şuqur tovuş çiqib tursin, deb bir neça toşni ham taşlagan. 

Bu jarayon yarim tungaça davom etib, alal-oqibat har ikkala öğil çarçab uxlab qoladi. Ona ham toliqib uyquga ketadi. Şu payt osmondan uçta farişta tuşib, qozonga sumalak uçun işlatiladigan barça masalliqlarni solib, uni tayyorlaşgan. Erta tongda esa ona-bolalar uyğongan va qozondagi tayyor sumalakni iste'mol qilişgan. Heç qanday hadis yoki asos bilan dalillanmagan mazkur rivoyat aslida töqima bölib, amalda sumalak barça taomlar kabi oddiygina bahoriy taomdir. Uning boşqa taomlardan heç qanday muqaddaslik va ustunlik jihati yöq. Çunki uning tarkibida mavjud xususiyatlar boşqa taomlarda ham bor.

Ikkinçidan, sumalakni tayyorlaş jarayonida öziga xos talablar, masalan, ayol-qizlarning uzrli bölmasliklari, sumalakka ma'lum adaddagi toşlarni taşlaş va uni kavlaş jarayonida böladigan har xil e'tiqodiy adaşişlar (alohida niyat qiliş, şu paytda qilingan niyatlarning röyobga çiqişi, orzu-havaslarning amalga oşişi, turmuşga çiqmagan qizlar bölsa, baxti oçilişi, befarzandlarning bola körişi, arazlaşib qolganlarning yaraşişi, sumalakning ustki qismida qandaydir surat, şakl va yozuvlarning paydo bölişi, yana bulardan taşqari qançadan-qança bid'at-xurofotlar), hattoki sumalakka qarab turib fol oçiş holatlari ham paydo bölayotgani nihoyatda açinarlidir.