Foto: Avtotest 

Avtotest kompaniyasi bolalarga yöllarda xavfsiz harakatlaniş qoidalarini örgatişga bağişlangan maxsus «Avtotest va bolalar» deb nomlangan ijtimoiy loyihaga qöl urdi.

Loyiha fevral oyining oxirida Toşkent şahrida, mart oyi örtasidan esa respublikaning barça hududlaridagi maktabgaça ta'lim muassasalari va maktablarda start oldi.

Foto: Avtotest 

«Loyihamizning maqsadi — bolalarda yöl harakati xavfsizligi böyiça bilimlarni şakllantiriş va rivojlantiriş, ularni köçalarda tartibli va huşyor bölişga örgatişdan iborat. Loyiha doirasida biz bolalarga yöl harakati belgilariga amal qiliş, yölning qatnov qismida harakatlaniş va transportda özini tutiş qoidalarini örgatamiz. Har bir bola yoşligidan yölni qayerda va qanday kesib ötişni bilişi, şuningdek, yöl belgilarini ajrata olişi lozim», — deydi Avtotest boş direktori O. Tigay.

Avtotest öqituvçilari va metodistlari loyiha uçun maxsus yöl harakati qoidalari aks etgan rus va özbek tillarida bukletlar, şuningdek, didaktik öyinlar tayyorlaşgan.

«Mutaxassislarimiz boğça va maktablar uçun alohida texnologik xaritalar işlab çiqişdi. Darslar özbek va rus tillarida olib boriladi. Har bir maşğulot daqiqalar böyiça taqsimlangan va jarayonga barça bolalarni jalb etiş uçun interfaol usullardan foydalangan holda ötkaziladi. Masalan, maktab öquvçilariga biz ijtimoiy va animatsion videoroliklarni körsatamiz, söng ularni öquvçilar bilan birgalikda muhokama qilamiz. Boğçalardagi maşğulotlar asosan tarbiyaçilar bilan turli öyinlar asosida ötadi» — deya ta'kidlaydi loyiha rahbari Yu. Risyukova.

Maşğulot söngida maktab öquvçilari va maktabgaça ta'lim muassasalari tarbiyalanuvçilariga rang ajratuvçi brasletlar va bukletlar tarqatiladi. Şundan söng esdalik uçun fotosessiya ötkaziladi.

Foto: Avtotest 

Loyiha boşlanganidan bugungi kunga qadar 900 nafardan ortiq bolalar yölovçilar va piyodalarning yöllarda özini tutiş madaniyati böyiça bilimlarga ega böldi. Şuni alohida ta'kidlaş lozimki, Avtotest tomonidan barça maşğulotlar mutlaqo bepul ötkaziladi.  Şuningdek, öquvçilarga örgatuvçi materiallar tekin tarqatiladi.