25 mart kuni Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi Boeing 787-9 samolyotida tarixiy voqea – Avstraliyadan Buyuk Britaniyaga ilk marotaba qo‘nishsiz parvozni amalga oshirdi. Samolyot havoda 17 soatdan ko‘proq vaqt bo‘lib, 14498 km masofani uchib o‘tdi. Samolyotda 200 yo‘lovchi va ekipajning 16 a'zosi bo‘lgan.  

Tarixiy reysning yo‘lovchilaridan biri Ueyn Kvong ushbu safar qanday o‘tgani haqida so‘zlab berdi va fotosuratlar bilan bo‘lishdi.

Avstraliyaning Pert shahridan amalga oshirilgan yangi reys Yaqin Sharqda yoqilg‘i to‘ldirish yoki samolyotni o‘zgartirish uchun to‘xtashni o‘z ichiga oluvchi boshqa reyslarga nisbatan 3 soat tezroq kechadi.

Aviakompaniya vakillarining aytishicha, samolyotda uzoq kechuvchi qulay parvoz uchun ataylab havo sifati yaxshilangan va shovqin darajasi kamaytirilgan.

Kvong ekonom-sinfda uchgan va parvozi vaqtida olgan suratlari va taassurotlari bilan bo‘lishdi. Unga, jumladan samolyotda tortiq qilingan tushlik yoqqan: “Mazali va to‘yimli”.

Foto: Twitter/ Waynewykwong

Boshqa yo‘lovchilar ham reys uchun maxsus tuzilgan taomnoma va birinchi ehtiyojdagi bepul to‘plamlar suratlari bilan bo‘lishishgan.

Foto: Twitter/ Waynewykwong

Samolyotda bepul ichimliklar va gazaklar saqlangan muzlatgichlar o‘rnatilgan.

Foto: Twitter/ Waynewykwong

Hattoki gazaklar ham yo‘lovchilar suvsizlanishdan, yomon uyqudan va vaqt poyaslari almashishidan aziyat chekmaydigan qilib tanlangan.

Foto: Twitter/ Waynewykwong