Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyruği bilan 2018 yilda oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş istagida bölgan yoşlarni saralaş böyiça qabul komissiyasi taşkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Nomzodlarni saralaş işlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 yanvardagi PQ-257-sonli qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan harbiy xizmatni ötaş hamda Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş tartiblari töğrisidagi nizomlarga asosan olib boriladi.
Oliy harbiy ta'lim muassasalariga tinglovçilarni saralaş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
Harbiy-professional yönaliş;
Dastlabki tanlaş;
Harbiy-professional tanlaş;
Test sinovlarini nazarda tutuvçi kompleks bosqiçma-bosqiç tanlaş.


Dastlab kiçik komissiya tarkibi tomonidan nomzodlarning individual-psixologik sifatlari örganilib, ularning jismoniy tayyorgarligi sinovdan ötkaziladi. Saralaş işlari viloyatlardagi mudofaa işlari boşqarmalarida 1 apreldan 20 mayga qadar ötkaziladi. Nomzodlarning hujjatlari örganilib, jadvalga muvofiq yakuniy tibbiy guvohlantiriş, kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari böyiça bilimi, yozma işi (diktant) tekşiriladi.


Nomzodlar 1 iyundan 25 iyunga qadar ikki bosqiçda yakuniy tibbiy körikdan ötkaziladi. Birinçi bosqiç 2017 yilgaça tahsil olgan hamda şu yilning özida kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yoşlarni 15 iyunga qadar, ikkinçi bosqiçda esa 2018 yil bitiruvçilarini 25 iyungaça çaqiriş işlari yakunlanişi közda tutilgan.


















