Bokulik 15 yoşli öquvçi qiz Rayhon Jamalova Forbes naşri tomonidan çop etilgan “Sanoat, işlab çiqariş va energiya sohasida yoşi 30 gaça bölgan eng istiqbolli tadbirkorlar va ixtiroçilar” reytingiga kiritildi.
Yoş ixtiroçi Ozarboyjonning uşbu reytingga kiritilgan ilk vakili böldi. Röyxatga hammasi bölib 29 odam kiritilgan.
Rayhon haqida Hindistonda 2017 yil noyabrda ötgan Tadbirkorlik böyiça global sammitdan keyin gapira boşlaşgan. Ixtiroçi qiz uşbu anjumanda özining ixtirosi – yomğir suvidan elektr energiya işlab çiqarişga imkon beruvçi Rainenergy qurilmasini taqdim qilgan.
Qurilma 4 ta asosiy qismdan iborat: yomğir suvini töplovçi kollektor, rezervuar, elektr generator va akkumulyator batareyasi. Kollektor rezervuarni yomğir suvi bilan tölğazadi, söngra suv katta tezlikda generatordan ötib, elektr energiya işlab çiqaradi. Hosil bölgan energiya akkumulyatorda töplanadi.
Sammitda Rayhonning ixtirosi musson yomğirlari yoğuvçi ekvatorial polosa aholisi uçun elektr uzatiş liniyalariga yuklamani kamaytirgan holda, muqobil energiya manbasi bölişi mumkinligi tan olingan. Hozirda öquvçi qiz tomonidan yaratilgan qurilmani sanoat kölamida işlab çiqarişni yölga qöyiş imkoni körib çiqilmoqda.
Rayhonning özi esa astrofizik bölişni va Nobel mukofoti olişni istaşini aytgan.

















