Germaniya çempionati 28-turidan örin olgan «Bavariya» - «Borussiya» D öyini tennisça hisob bilan yakunlandi.
Der Klassiker nomini olgan tarixiy qarama-qarşilikda myunxenliklar raqib darvozasiga javobsiz 6ta töp yöllab, öta yirik ğalabani qölga kiritişdi.
Bu natijadan söng «Bavariya» oçkolari sonini 69taga yetkazib, çempionlik unvoniga yaqinlaşdi. «Borussiya» D 48 oçko bilan 3-örinda qoldi.
Bundesliga, 28-tur
Bavariya – Borussiya D 6:0 (5:0, 1:0)
31 mart, «Alyants-Arena» stadioni
Gollar: 1:0 – 5 Levandovski, 2:0 – 14 Xames, 3:0 – 23 Myuller, 4:0 – 44 Levandovski, 5:0 – 45 Riberi, 6:0 – 87 Levandovski.
Bavariya – Ulrayx, Rafinya, Alaba (Kimmix, 46), Boateng, Martines, Riberi (Rudi, 69), Xames (Alkantara, 65), Robben, Xummels, Levandovski, Myuller.
Borussiya D – Byurki, Pişçek, Papastatopulos, Akandji, Şmeltser, Pulişiç (Filipp, 74), Gettse (Şaxin, 78), Kastro (Vaygl, 29), Daud, Şyurrle, Batşuayi.
Ogohlantirişlar: Riberi (65), Vaygl (65).

















