Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, boş buxgalterlari, boşqaruv a'zolari, mikrokredit taşkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlariga nisbatan malaka talablari yangilandi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bugungi kunga qadar tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, boş buxgalterlari, boşqaruv a'zolari, mikrokredit taşkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar Markaziy bankda taşkil etiladigan nomzodlarni kasbga muvofiqligini aniqlaş komissiyasining ijobiy xulosasi asosida lavozimiga tayinlanar edi.
Uşbu hujjatga asosan mazkur tartib bekor qilindi.
Mazkur hujjatga asosan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, boş buxgalterlari, boşqaruv a'zolari, mikrokredit taşkilotlari hamda kredit byurolarining ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar oliy iqtisodiy ma'lumotga, bank-moliya yönalişida, şu jumladan bank tizimida mazkur hujjatda belgilangan iş stajiga ega bölişi lozim.
Şu bilan birga, tijorat banklari boşqaruvi a'zoligiga bankning yuridik xizmati rahbari kiritilgan taqdirda, u oliy yuridik ma'lumotga hamda bank tizimida kamida uç yillik iş tajribasiga ega bölişi lozimligi belgilandi.

















