Ukraina IIV rahbari Arsen Avakovning fikriça, mamlakatning amaldagi prezidenti Pyotr Poroşenkoni hukmron partiyadan yagona nomzod deb hisoblamaydi. Bu haqda «LIGABiznesInform» xabar bergan.
«Men yagona nomzod haqida eşitganimda, seskanib ketyapman. Mening fikrimça, Poroşenko prezidentlikka real nomzodlardan biri bölişi mumkin – boşqalar bilan bir qatorda. Bunda har bir fuqaro özi uçun tanlovni amalga oşirişi kerak», - deya ma'lum qildi Avakov.
Uning sözlariga köra, Ukraina hududida parlament respublikasi taşkil etiş töğri böladi, sababi mamlakatda sönggi yillarda prezident va boş vazirning qarama qarşiligi mojaroli vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda.
«Konstitutsiyaga, saylov qonuniga özgartirişlar kiritiş kerak – Ukrainani tölaqonli parlament respublikasiga aylantiriş, bunda prezident - vizioner va supervayzer. Prezident bu bilan saylovlarga yanada katta effektda borişi mumkin: mana körib qöyinglar, men vakolatlarimning bir qismidan hokimiyat tarmoği muvozanati uçun voz keçmoqdaman – juda çiroyli hamda tuşunarli», - deya aniqlik kiritdi Avakov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Avakov Ukraina xalqi qaçon oyoqqa turib, hukumatni töntarib taşlaşi mumkinligini aytgandi.












