Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi to‘yda yuz bergan ommaviy zaharlanishga nima sabab bo‘lgani aniqlandi
Qirg‘izistondagi to‘yda yuz bergan ommaviy zaharlanishga taycha tovuq sabab bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Yulduz Oygerchinovaga asosan xabar bermoqda.
To‘yda tortilgan tovuqli taomdan salmonelleza bakteriyalari topildi. «Respublika yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasidagi bemorlardan olingan namunalar tahlili natijasida salmonella bakteriyalari borligi aniqlandi», - deya xabar berdi Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.
Ekspertlarning aniqlashicha, to‘yda tortilgan tovuqli taomda «oziq-ovqat mahsulotini tayyorlash va saqlash texnologiyasi buzilgan».
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda ommaviy zaharlanish 31 mart kuni, Bishkekdagi «Ala-Too» restoranida o‘tkazilgan to‘yda yuz berdi.
Avvalroq, Qirg‘izistondagi ommaviy zaharlanish oqibatida jabrlanganlar soni 222 kishiga yetgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026