O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 3 apreldagi “Amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati tuzilmasi hamda uning shtat birligi tasdiqlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati to‘g‘risidagi Nizom ham tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati rahbariga Axborot-resurs markazining xodimlari va Xizmat qo‘shimcha xodimlarini mustaqil ravishda ishga yollanish huquqi berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati ikki hafta muddatda tasdiqlangan Nizomga muvofiq Xizmat xodimlarining funksional majburiyatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmatida tadbirkorlar va ishbilarmon doiralar vakillari, ekspertlar hamda mutaxassislar orasidan tashkil topgan Maslahat kengashi tuziladi.
Kengashning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining islohotlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish Xizmati shtat jadvali quyidagicha bo‘ladi:
Davlat maslahatchisi – 1 shtat birligi
Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari - 1
Davlat maslahatchisi o‘rinbosari – 1
Referent – 1
Parlament va siyosiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish sektori

















