Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov davlat xavfsizlik xizmati yiğilişini ötkazdi. Unda harbiylar va huquq-tartibot organlarining joriy yilning birinçi çoragidagi faoliyati yakunlari sarhisob qilindi. Bu haqida Turkmaniston davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Öq uzişga doir öquv maşqlari uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişar ekan, Berdimuhammedov hamda harbiy va huquq-tartibot organlari rahbarlari tirda turli zamonaviy qurollar yordamida merganlik maşqlarini ötkazişdi. CA-News şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, Berdimuhammedov harbiylarga IWI Tavor avtomatidan qanday foydalaniş kerakligini namoyiş qilgan.
Prezidentning ortidan harbiy va huquqni muhofaza qiliş tuzilmalari rahbarlari öz mahoratlarini namoyon qilişgan.



Mudofaa vaziri Yaylim Berdiyev prezidentga joriy yilda Turkmanistonda bölib ötadigan «Amul-Xazar 2018» xalqaro avtorallisi ramzi tuşirilgan velosipedni sovğa qildi.


















