O‘zbekiston telekanallari uchun Jahon chempionati translyatsiyasi narxi qanchaga tushadi?

Foto: FIFA
Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati o‘yinlarini translyatsiyasi huquqini Markaziy Osiyo davlatlarida translyatsiya qilish narxi 800 ming dollarni tashkil qiladi. Bu haqda Tribuna.Uz manbasi ma'lumot berdi.
Gap shundaki, JCh translyatsiyasi huquqiga egalik qiluvchi FIFA tashkiloti uni sotishda davlatlarning iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli, futbolga bo‘lgan qiziqishi, aholi soni, musobaqaning ommaviyligi va hattoki telekanallarning reklamadan ko‘rishi mumkin bo‘lgan foydasi, umuman barcha detallarni hisobga olgan holda maxsus mintaqalarni aniqlab oladi va ularga narx belgilaydi. FIFA shu maqsadda yuqoridagi barcha kriteriyalarni hisobga olgan va Jahon chempionati o‘yinlarini translyatsiyasini Markaziy Osiyoga alohida paket ko‘rinishida sotadi. Ana shu to‘liq paket 800 ming dollarni tashkil qiladi.
Qiziq tomoni bunda bitta mamlakatdan butun boshli paketni bir kompaniya sotib olishi mumkin. Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirgacha JCh-2018 o‘yinlarini sotib olish taklifini Markaziy Osiyo mamlakatlaridan faqatgina O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari bildirishgan. Bunda ikki davlat 800 ming dollarni o‘rtada bo‘lib to‘lashi mumkin bo‘ladi. Ya'ni 400 ming dollardan tushadi. Agar Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston telekompaniyalari ham musobaqani sotib olish uchun taklif yuboradigan bo‘lsa, bu narx yanada arzonlashadi. Ya'ni 800 ming dollar umumiy summa, taklif tushgan mamlakatlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Agar 5ta davlat ham o‘yinlarni sotib olish bo‘yicha taklif bersa, O‘zbekistonda JCh translyatsiyasini sotib oladigan kompaniya uchun bu paket 160 ming dollargacha (eng minimal narx) tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Zo'r TV va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi JCh-2018 translyatsiyasini sotib olish bo‘yicha harakatlarni boshlagani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
Jahon | 21:42
-
Reuters: Trampni tanqid qilayotgan davlat xizmatchilarini kuzatishda sun’iy intellektdan foydalanilmoqda
Jahon | 21:36
-
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi
Jahon | 21:26
-
Pentagon AQShning NATO harbiy qo‘mitasidagi vakilini lavozimdan bo‘shatdi
Jahon | 21:02
Mavzuga oid

15:43 / 08.12.2022
Tadqiqot: Rossiyaliklar televideniyedagi propagandadan charchadi

16:35 / 27.05.2022
Qirg‘iziston va Turkmanistonda Rossiyaning qator telekanallari efiri vaqtincha to‘xtatildi

21:01 / 23.04.2022
Hindistonda telekanallar Ukrainadagi vaziyatni yoritishda yolg‘on ma’lumotlar bermaslik haqida ogohlantirildi

17:02 / 28.03.2022