Britaniyalik milliarder Riçard Brenson kompaniyasi Virgin Galactic 2014 yildagi avariyadan keyin koinot kemasining ilk boşqariluvçi parvozini amalga oşirdi.
Ikki nafar uçuvçi tomonidan boşqariluvçi VSS Unity koinot kemasi havoga VMS Eve samolyoti bortida olib çiqilgan.
Kema ajralgaç, kompaniyaning Moxava çölidagi poligoniga tuşgan.
Virgin Galactic’ning oxirgi boşqariluvçi parvozi 2014 yilda bölib ötgan. Öşanda sinov parvozi uçuvçilardan birining ölimi bilan yakunlangan. Kompaniya versiyasiga köra, fojiaga kema uçuvçisining xatosi sabab bölgan.
















