Özbekiston çegaraçilari Qirğiziston fuqarosiga öq uzişdi, u öz davlati hududida bölgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Qirğiziston Davlat çegara xizmati matbuot xizmatiga asosan.

"Yettinçi aprel kuni Qirğiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Aksiysk tumani Mamay hududida Özbekiston Respublikasi harbiy xizmatçilari Qirğiziston fuqarosi – Quruluş qişloğida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan F.M.ga nisbatan qurol qöllaşdi. U Qirğiziston hududida bölgan. F.M. olingan jarohatlar tufayli Kerben şahri şifoxonasida vafot etdi", - deya xabar bergan matbuot xizmati.

Ta'kidlanişiça, uşbu holat böyiça suriştiruv işlari boşlandi, hodisa röy bergan joyda Qirğiziston Davlat çegara xizmati boşqarmasi zobitlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillaridan iborat guruh işlamoqda. Ayni damda ikki davlat çegara xizmati vakillarining uçraşuvi ötkazilmoqda, unda röy bergan voqea sabablari hamda tafsilotlari aniqlaştiriladi.

Qirğiziston boş vaziri Sapar Isoqov şanba kuni tegişli idoralarga “çegaradagi voqeani özbek tomoni bilan birgalikda yaxşilab suriştiruvdan ötkaziş” vazifasini topşirdi.

KUN.UZ’ga Özbekiston hukumatidagi manbaning xabar berişiça, Qirğiziston fuqarosiga öq uzilganida, u Özbekiston hududida bölgan. 

Qayd etilişiça, avvaliga u ogohlantirilgan, söng osmonga qarata öq uzilgan, şundan keyin ham u böysunmaganidan söng unga öq otilgan. U Qirğiziston hududigaça çopib borgan, u yerda uni şeriklari qabul qilib olgan va kutayotgan maşinada şifoxonaga olib ketişgan. Hozirgi paytda u Özbekiston hududiga nima maqsadda kirgani noma'lum, degan manba.