Jeenbekov: odamlarni qulga aylantirmoqchi bo‘lganlarga tegishli javob qaytarildi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Aprel xalq inqilobi munosabati bilan qirg‘izistonliklarga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda davlat rahbari devonining axborot siyosati bo‘limi xabar bergan.
«Qirg‘iz xalqi tarixi umumiy qahramonlik va g‘alabaning yorqin namunalariga boy, bunda xalq bir butun bo‘ladi va kerakli maqsadga erishishda qat'iy iroda ko‘rsatadi. 2010 yilning 7 aprel kungi xalq inqilobi shunday muhim hodisalardan biri sanaladi», - deyiladi xabarda.
«Aynan o‘sha kun mamlakatni boshi berk ko‘chaga olib borayotgan yo‘ldan yorqin kelajakka qaratilgan tarixiy burilish amalga oshirildi. Biz butun dunyoga Qirg‘iziston halqi adolat ideallarini qanday yuqori baholashi, hech qachon tiz cho‘kmasligi va urug‘-aymoqchilik boshqaruviga chidab turmasligini yana bir bor ko‘rsatdik. Bizning qahramonlar xalqning buyuk kelajagi uchun o‘z hayotini qurbon qildi. Uning ishonchli asosi, mustahkam tayanchi bo‘lishdi», - deya ta'kidlab o‘tdi prezident.
«2010 yilning 7 aprel kuni qirg‘iz xalqi tayanchiga aylangan qahramonlar tufayli xalqning orzusi ushaldi. Hokimiyatni egallab olmoqchi, xalq boyligini o‘zlashtirmoqchi va odamlarni qulga aylantirmoqchi bo‘lganlarga tegishli javob qaytarildi», - dedi Sooronbay Jeenbekov
«Davlatchilik mustahkamlandi, yirik siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi. Erkin, demokratik saylovlar bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston haqiqiy demokratik davlat ekanini butun dunyoga ko‘rsatdi. Iqtisodiyot, ijtimoiy sohada yirik loyihalar amalga oshirildi. Biroq bizning oldimizda hali ko‘p vazifalar bor. Bizning maqsad aniq va tushunarli: rivojlanish yo‘lidan chetlashmaslik, Qirg‘izistonni yashash uchun eng yaxshi joyga aylantirish, uni erkin, huquqiy va kuchli davlat qilish», - deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024