Jahon | 12:56 / 09.04.2018
9150
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar muhokama qilinadi

Foto: Reuters

AQSh hukumati yaqin vaqt ichida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni muhokama qiladi. Bu haqda «Kommersant'» nashri Qo‘shma Shtatlar Davlat departamentiga yaqin bo‘lgan manbaga asosan xabar bermoqda.

«Oq uyda shu haftayoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar muhokama qilinadi», - deya ma'lum qilgan manba.

Shuningdek uning qo‘shimcha qilishicha, yangi sanksiyalar AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Jon Bolton tomonidan taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh rossiyalik 38 tadbirkor va 15ta kompaniyani sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. Ro‘yxatda «Gazprom» rahbari Aleksey Miller, En+ egasi Oleg Deripaska, VTB rahbari Andrey Kostin va «Renova» egasi Viktor Vekselberg bor. Shuningdek, sanksiyalar Gazprombank boshqaruvi raisi Andrey Akimov, «Surgutneftegaz» bosh direktori Vladimir Bogdanov, Tula oblasti gubernatori Aleksey Dyumin, RISI direktori Mixail Fradkov, «Zenit» futbol klubi direktori va Rossiya futbol ittifoqi sobiq rahbari Sergey Fursenkoga nisbatan ham joriy etildi.

Bundan tashqari, AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni nega joriy etgani aytilgandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid