Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni nega joriy etgani aytildi
Foto: Joshua Roberts/Reuters
AQShda yangi sanksiyalarni Rossiya uchun «signal» deb atashdi. Bu haqda RIA «Novosti» Qo‘shma Shtatlar Davlat departamentiga asosan xabar bermoqda.
«Rossiyaning AQSh va bizning ittifoqchilarimiz hamda sheriklarimizga qarshi harakatlari doimiy qo‘llab-quvvatlanuvchi tajovuzkorlikning bir qismi bo‘lib, u yaqinda ro‘y bergan hodisalardan tashqariga chiqdi va AQShning hozirgi ma'muriyati uchun 2017 yilning yanvaridan avval yuz berdi. Rossiya hukumati tushunishi kerak bo‘lgan signal shunday: uning dushmanlik kayfiyatidagi xatti-harakati jiddiy oqibatlarga olib keladi», - deya ma'lum qildi manba.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qaramay, Vashington Moskva bilan muloqot tarafdori sanaladi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalarga uchragan rossiyaliklar AQSh hududiga kira olmaydi.
«Prezidentning 13661 va 13662-sonli ijro farmonlariga muvofiq, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan jismoniy shaxslar viza cheklovlariga tushadi, bu farmonlarning 2-paragrafi ro‘yxatdan joy olgan jismoniy shaxslarga kirishni taqiqlaydi», - deya aytib o‘tdi manba.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik general Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ehtimoliy urush oqibatlari haqida aytgandi.
Mavzuga oid
13:50
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
21:49 / 19.01.2026