Fransiya Suriyaning Xoms viloyatidagi aviabazaga berilgan aviazarbaga aloqasi yo‘q ekanini ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» Fransiya armiyasi bosh shtabi vakili Patrik Shtaygerga asosan xabar bermoqda.
«Bu biz emasdik», - deya ma'lum qilgan Shtayger.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya sharqidagi Xoms viloyatida joylashgan T-4 aviabazasi raketalar hujumiga uchragani xabar berilgandi. Suriya armiyasining Havo hujumidan mudofaa kuchlari avibazaga yo‘l olgan raketalarni o‘qqa tutgan. Al-Mayodin telekanali xabariga ko‘ra, Suriya harbiy obektiga hujum qilgan raketalar Livan hududi orqali O‘rta Yer dengizidan uchib kelgan.
Bundan tashqari, Isroil Suriyadagi aviabazaga berilgan zarbani izohlashdan bosh tortdi.
















