Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan  Ğarb davlatlarini har kuni ayollar va bolalar halok bölayotgan Suriyadagi vaziyatga aralaşişga çaqirdi.    

“Ğarb qaçon Şarqiy Gutada tinç aholi halok bölayotganiga e'tibor qaratadi? Bu adolatsizlik qaçon tugaydi?”, deb savol bilan yuzlangan Erdöğan Siirt viloyatidagi namoyişda.

Erdöğan Suriyadagi gumanitar falokat mavzusini mudofaa kompaniyalari boyişi uçun vosita sifatida qöllayotgan xorijiy doiralar pozitsiyasini qoraladi. “Bu şarmandalik! Bu davlatlar demokratiya, inson huquqlari va diplomatiya mavzusida gapirişga umuman haqlari yöq”, deb  aytgan Erdöğan.   

“Suriyada tinç aholining halokatini inkor qiluvçi davlatlar terrorçilikka qarşi kuraş masalasini kötarişga va terrorçilar harakatidan “arz qiliş”ga heç qanday huquqqa ega emaslar”, deb ta'kidlab ötgan Turkiya rahbari.    

Erdöğan terrorçilarning Anqaraga qarşi harakatlariga samimiy munosabat bildirmayotgan Ğarb davlatlari Turkiyaning mintaqadagi aksilterrorçilik amaliyotlarini yöqqa çiqariş uçun barça işni qilişayotganiga urğu bergan.

Erdöğan Suriyaning Afrinida “Zaytun novdasi” amaliyoti boşlangandan beri 4017 terrorçi yöq qilinganini eslatib ötgan. Şu bilan birga, Iroq şimolida Turkiya qurolli kuçlari 327 jangarini, Turkiyaning özida esa 154 jangarini yöq qilgan.