Maqola izidan: Beşariqliklarni qöşnilar oldida izza qilib qöygan rahbarlar
|18:05 / 09.04.201864 75511 min
Şu yil fevral oyida saytimiz orqali «Beşariqning yeçimini kutayotgan beş muammosi» nomli maqola e'lon qilingan, unda Farğona viloyati, Beşariq tumanidagi aholi va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar haqida yozilgan edi.
Oradan bir oydan köproq vaqt ötib, mavjud kamçiliklarni qay darajada hal etilgani bilan tanişiş maqsadida Beşariq tumaniga yana yölga çiqdik.
Öşa maqola va videoreportajda tuman dehqon bozoridagi açinarli holat, Ropqon qişloğidagi 450 gektarlik örik boğlari suvsizlikdan quriyotgani, tadbirkor yigitning kiçik korxona oçişiga tuman hokimligining e'tiborsizligi, kuşxona oçiş uçun ruxsat ololmayotgan tadbirkor bilan boğliq tuşunarsiz holat hamda tuman markazidagi masjid yonidagi tartibsizliklar bayon qilingan edi.
Navbatdagi safarimiz davomida tuman mutasaddilarining ma'lum kamçiliklarni qay darajada hal qilişga kirişganiga töxtalamiz.
Beşariq bozorida
Manzilga yetgaç, tuman hokimligi binosiga bordik. Tuman hokimi va biz bilan muloqot qilişi mumkin bölgan mutasaddilar topşiriqlar bilan joylarga çiqib ketişgan ekan. U yerdagilarga yana qaytib kelişimizni aytib, Beşariq bozoridagi holatni körgani yöl oldik.
Avvalgi maqolamizda 2012 yili Beşariq hokimligi tomonidan fuqarolar kelib-ketişiga qulay bölgan hudud - Döstlik köçasidan joy tanlanib, kiyim-boş, xöjalik mollari, yoğoç va boşqa quriliş mahsulotlari bilan savdo qiluvçi, zamonaviy körinişdagi bozorlar qurilgani, mazkur savdo majmualarida tegişli hujjatlar asosida iş yuritadigan, mahalliy byudjyetga vaqtida barça tölovlarni amalga oşiradigan tadbirkorlar faoliyatini olib borayotgani, biroq tuman hokimligi va Davlat soliq inspeksiyasi ayni paytda savdo qilişga yaroqsiz holda bölgan va rekonstruksiyaga tuşgan «Dehqon bozori»dan «Yangi bozor»ga tadbirkorlarni jalb qilişga juda ham boş qotirmayotgani tanqid ostiga olingan edi. Dehqonçilik mahsulotlar bilan sanoat mollari aralaş sotilayotgan bozorda savdo «gullab-yaşnayotgani»ga alohida urğu bergan edik. Barça soliqlarni tölab, me'yoriy hujjatlar asosida Döstlik köçasidagi «Turon sanoat-savdo» bozorida iş olib borayotgan tadbirkorlarning borgan sari fiğoni falakka çiqayotgani videolavhalar orqali berilgandi.
Bu safar öşa «Dehqon bozori»da bölganimizda, muammo yuzasidan biroz özgariş qilinganini sezdik, desak xato bölmaydi. Sababi, bozor yonidagi Yo. Abdullayev köçasidagi harakatlaniş me'yoriga tuşibdi. Biroq, bozor atrofidagi köçalarda tartibsiz savdo öşanday davom etmoqda. Antisanitariya, behujjat yoyma savdogarçilik va tumonat odam. Bozorda rekonstruksiya işlari boşlanganiga uç yil bölibdi. Bir tomonda buziliş işlari ikkinçi tomonda savdo-sotiq. Bu bozor qaçon bitişi ma'lum emas. Dehqon bozorini yarim soatlar çamasi aylanib, yana Döstlik köçasidagi bozorga bordik.
Mavzuga oid
Bozorda heç qanday yangilikning özi yöq. Aholi uçun qulay, markaz joyda qurilgan bozor hali ham huvillab yotibdi. Savdogarlar biz bilan suhbatda maqola e'lon qilingaç, uç-tört kun kiyim-keçak, sanoat mollari bilan savdo qiluvçi köp tadbirkorlar Döstlik köçasidagi bozorga köçib ötgani, lekin «Dehqon bozori»da savdo töxtamagani uçun qaytib ketişganini bildirişdi.
«2017 yilning dekabr oyi Qöqon şahrida Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi raisi Botir Parpiyev boşçiligida ötkazilgan sayyor qabulda bozorimiz muammosi böyiça murojaat qilgan edik. Viloyat boşqarma boşliği tuman hokimi, prokurori va IIB boşliğiga «Dehqon bozori»dan savdogarlarni köçiriş imkoniyati mavjud ekani haqida xat bilan ham çiqqan edi. Lekin, natija bölmayapti.
Maqola çiqqanidan söng savdogarlarni olib kelib, suratlarga olişdi. Bir hafta bozorimizda xaridor yurib, gavjum bölgani haqiqat. Lekin, yana ular qaytib ketişdi», deydi tadbirkorlar.
Maqola naşrimizda e'lon qilinganidan söng bozorga faqat tuman soliq idorasi xodimlari kelib, qöldan kelganiça urinişibdi. Tuman hokimi va boşqa rahbarlar muammo bilan qiziqib ham qöymagan.
Savdogarlarga tuman hokimi bilan uçraşib, ularni qiynayotgan murojaatlarni yetkazişga va'da berdik.
Ropqondagi boğlar muammosi
Örik boğlari va polvonlari bilan maşhur Ropqon qişloğiga borişdan oldin, boğbonlar bilan telefon orqali boğlandik. 450 gektarlik boğ quriyotgani haqidagi muammolar ham hokimlik mutasaddilarini taşvişga solmabdi.
«Suv çiqariş nasoslari böyiça heç qanday özgariş bölmadi. Boğbonlar özlari nasosni ta'mirlab, eplab işlatib olişgan. Nasoslar eskiligi uçun bir kun işlasa, ikki kun işlamaydi. Bundan 4 yil oldin bizga «Nasos stansiyasini ta'mirlaş uçun pul ajratiladi» deya berilgan va'da haliyam bajarilgani yöq. Bu yil ham mablağ ajratilmabdi. Qani, kutaveraylikçi?», deydi keksa boğbon Rustamjon ota.
Adiroboddagi maşaqqatli mehnatlar evaziga bunyod etilgan örikzorlarning 450 gektari suvsizlikdan qurib qolibdi. Yana qanaqa navli öriklar qurigan, bilasizmi? «Subhoni», «Oq qantak», «Limonka», «Lola» va öşa Toşkent bozorlarida kilosi 50 ming sömga çiqqan «Iris» navlari. Eksportbop, butun dunyo oğzi tegadigan öriklar. Endi qolganlari ham quriş xavfi ostida.
5 ming kişini iş va daromad bilan ta'minlab turgan, davlatga har gektaridan 1 milliondan soliq tölanadigan 450 gektar yerdagi boğ öriklarini qayta östiriş uçun yana qança yillar kerak!
Boğbonlar dardini ham tuman hokimligiga yetkazişni aytib, xayrlaşdik.
Kiçik korxona qurişni öylagan yoş tadbirkor niyatidan qaytibdi
Navbatdagi muammoli holat ham Ropqon qişloğilik tadbirkor yigitga taalluqli edi. Nodirbek Nizomiddinov 2014 yili qişloğidan çiqadigan buloq suvining tarkibini laboratoriyada tahlil qildiradi. Mutaxassislar suvning tarkibida 27 xil ma'danlar borligini aniqlaşadi. Yoş tadbirkor çet eldan 16 ming AQŞ dollariga suv qadoqlaş texnologiyasini olib keladi. Uning maqsadi aniq edi. Ma'danli suvni qadoqlaşni yölga qöysa, 16 kişi iş bilan ta'minlanib, daromadga kiradi. Mahalliy byudjyetga ham foyda. Ötgan gal şu muammoga alohida töxtalgandik.
Nodirbek bu safar biz bilan gaplaşişni istamadi. «Qöyinglar, beğalva yurganim ma'qul ekan. Öşandan keyin bir marta tuman prokuraturasiga çaqirişib, men tanlagan beş sotix joydan 500 metr uzoqlikdagi joyni berişini aytişdi. Tadbirkorlik uçun juda noqulay joy. Loyihamdan voz keçib qöya qoldim», deydi yoş tadbirkor.
Kuşxona muammosi
Farğonada eşak söyib, göştini umumiy ovqatlaniş korxonalariga ötkazib yurgan soxta tadbirkor haqida OAV rosa bong urdi. Tumanda yaşovçi tadbirkor Umidjon Poyğamov «Vatan» mahallasidagi tuman hokimligi zaxirasiga olingan yer maydonidan 10 sotix joy sörab, zamonaviy qoramol söyiş maskani - kuşxona qurmoqni maqsad qilgan.
Tadbirkorlikni boşlaşni niyat qilgan yigit uç yildan beri sargardon. «215 ming aholi yaşaydigan tumanimizda bir dona kuşxona işlab turibdi. Unda 30 boş qoramol söyiladi, xolos. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan kuşxona quriş maqsadida tuman hokimligiga arizalar bilan köp bora murojaat qildim. Tuman DSENM taşkilotidan men tanlagan yer maydoni kuşxona quriş sanitariya holatlariga töğri kelişi haqida xulosa ham olganman.
Öz hisobimdan kredit olmay, 8 kişini iş bilan ta'minlab, sanitariya me'yorlarida işlaydigan korxona qurişim haqidagi savolimga tuman hokimi: «Bizda bitta kuşxona bor. Ikkitasi kerak emas» deya javob qaytardi. Vaholanki, tumanimizda mavjud bitta kuşxona barça umumiy ovqatlaniş şoxobçalariga xizmat qila olmasligi aniq. Qoramol va qöylarni asosan uyda söyişyapti» deydi tadbirkor.
Umidi sönmagan tadbirkorning arzini ham tuman hokimligi vakillariga yetkazişni aytdik.
Tuman hokimi biz bilan uçraşişni istamadi
Tuman hokimligiga borib, mutasaddilar bilan suhbatlaşmoqçi böldik. Afsuski, mas'ul şaxslar öz vazifalarini bajariş uçun joylarga çiqib ketişgan ekan. Söng, qabulxona xodimidan tuman hokimi Rasuljon Jörayevning telefon raqamini olib, boğlanişga harakat qildik. Hokimdan uçraşgani vaqti bor yoki yöqligini, bugun kun davomida suhbatlaşgani imkoni bölsa kutib turişimizni aytdik.
Unga mavjud muammolarni örganiş uçun qanday işlar amalga oşirilgani haqida savol berganimizdan söng, Beşariq tumani hokimi biz bilan uçraşa olmasligini, bizga murojaat bilan çiqqan aholi nohaq ekanligi aytib, suhbatni qisqa qildi.
«Beşariqdagi muammolar hududning içki muammosi, balki, biz jurnalistlar masalaga bir tomonlama baho berib, murojaatlarning asl mohiyatini tuşuna olmagandirmiz. Aniqlik kiritib olsak yaxşi bölar edi?» degan savolimizga mutasaddi «Yöq, savollaringizga javob bera olmayman. Sizlar kimningdir «zakazi» böyiça kelgansizlar» deya javob bergaç, hafsalamiz pir böldi.
Axir, biz örinsiz muammolarni kötarib çiqayotgan bölsak, aniq voqelikdan xabar topişimiz kerak-ku?
Mamlakatimizda ijobiy özgarişlar röy bermoqda. Yurt rahbarlari, hokimlar, soha mutasaddilari xalq dardini tinglab, aholi yoniga borib, öşa joyning özida muammolarni hal qilyapti. Bugungi kun rahbari mas'uliyatli davrda faoliyat olib bormoqda. Lekin, Beşariq tumani hokimligining hududda mavjud kamçiliklar haqidagi maqoladan söng muammolar yeçimi bilan qiziqib ham körmagani bizni taajjubga soldi.
«Dehqon bozori»da patir işlab çiqarib, savdo qiluvçi tadbirkor Mohira Sodiqova şunday dedi: «Çegaralar oçilib, tumanimizga Tojikistondan köplab mehmonlar ötişyapti. Ular bozorimizning ahvolini körib: «Juda fayzsiz, eski va talabga javob bermaydigan bozor ekan. Rahbarlarga murojaat qilsanglar bölmaydimi?» deb gapirişganida rosa uyatga qoldik».