O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara xizmati rahbarlari 7 aprel kungi hodisa yuz bergan joyni ko‘zdan kechirdi
O‘zbekistonning Namangan viloyati Zarkent qishlog‘ida Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegara xizmati raisi polkovnik Ularbek Sharsheyev va O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari – chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Ruslan Mirzayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Knews xabar tarqatgan.
Muzokaralar davomida chegara xizmatlari rahbarlari davlat chegarasining Qirg‘iziston-O‘zbekiston uchastkasidagi vaziyatni muhokama qilishdi. Tomonlarning fikricha, Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara mahkamalari tomonidan avval erishilgan alohida protokol qarorlari to‘la hajmda bajarilmayapti va qirg‘iz-o‘zbek munosabatlarining yangi darajasini hisobga olgan holda to‘ldirilishi lozim.
Shundan so‘ng ikki respublikaning chegara delegatsiyalari Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Aksiysk tumani Mamay qishlog‘idagi voqea joyiga kelishdi, bu yerda chegara tumanlari ma'muriyatlari rahbarlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlari vakillari bilan 7 aprel kuni yuz bergan voqea joyi ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan birga, Qirg‘iziston tomoni 2018 yilning boshidan beri qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasida o‘zbek harbiy xizmatchilarining qurol qo‘llashi bilan yuz bergan ikki hodisaga O‘zbekiston delegatsiyasi e'tiborini tortgan.
Uchrashuv davomida tomonlar chegara naryadlari tomonidan qurol qo‘llanilishi eng so‘nggi chora ekani, shuning uchun chegarachilar ko‘rib turganida davlat chegarasini bexosdan buzish holati yuz berganida, harbiy xizmatchilar tomonidan qurol qo‘llanishi qat'iy taqiqlanganini ta'kidlashdi.
7 aprel kuni Mamay qishlog‘ida ro‘y bergan hodisani barcha tomonlama surishtiruvdan o‘tkazish maqsadida qo‘shma ishchi guruhi tashkil etildi, uning tarkibidan Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati bo‘yicha va O‘zbekistonning Sharqiy yo‘nalish bo‘yicha chegara vakillari, shuningdek, chegaraoldi hududlar tuman ma'muriyatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, prokuratura va kadastr xizmatlari rahbarlari joy oldi.
2018 yil aprel oyining uchinchi o‘n kunligida Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara vakillari apparatlarining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan, unda chegaraoldi hamkorligi masalalari muhokama qilinadi.
Chegara mahkamalari rahbarlari amaliy uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonnoma imzolashdi, unda chegara masalalari bo‘yicha hukumatlararo Kelishuvlarga qat'iy rioya etish, uni amalga oshirish, ikki davlat chegara mahkamalari rahbarlari tomonidan avval erishilgan qarorlar va kelishuvlarni bajarish majburiyati bor.
7 aprel kuni Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati O‘zbekiston harbiy xizmatchilari Qirg‘iziston hududida turgan shaxsga qarata o‘q uzgani haqida xabar tarqatdi. Nashrlarda ma'lum qilinishicha, Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Kerbent shahri yaqinida yuz bergan hodisa oqibatida 1984 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi shifoxonada vafot etgan.
Shu kuni Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi chegaradagi hodisa yuzasidan O‘zbekistonga nota yo‘lladi.
Mavzuga oid
16:44
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024