Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Telegram’ni bloklash haqidagi arizani ko‘rib chiqishga qabul qildi
Foto: Reuters
Moskva shahridagi Taganskiy sudi Roskomnadzorning Telegram messenjerini bloklab qo‘yish haqidagi arizasini qabul qildi va 12 aprel kuni ushbu ariza bo‘yicha sudga qadar tayyorgarlikni o‘tkazadi. Bu haqda sud matbuot kotibi Yuliya Suxinina xabar berdi, deb ma'lum qilgan «Moskva» agentligi.
«Da'vo arizasi qabul qilindi, suhbat 12 aprel kuni soat 10:00ga belgilandi», - deya aytib o‘tdi Suxinina.
Avvalroq Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov messenjerni sudgacha bloklab qo‘yishdan hech qanday mantiq yo‘q ekanini ma'lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Pavel Durovning «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i ustidagi ish bo‘yicha sobiq sherigi Anton Rozenberg Telegram’da foydalanuvchilar qurilmasida xabarlarni shifrlash qanday amalga oshirilishi haqida aytib bergandi.
Mavzuga oid
13:34 / 02.01.2026
Telegram orqali giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:58 / 30.12.2025
RF sudi Telegram va WhatsApp’ni cheklashga qarshi da’voni rad etdi
14:00 / 23.12.2025
Rossiyada WhatsApp messenjeri ishi 70–80 foizga sekinlashtirildi
09:12 / 16.12.2025