GM Uzbekistan AJ taşabbusi bilan Andijon viloyatining Böz va Qörğontepa tumanlari hamda Toşkent şahrida hindistonlik mutaxassislarning bepul tibbiy körigi taşkillaştirildi. Bu haqda GM Uzbekistan jamoatçilik bilan aloqalar xizmati xabar bermoqda.
Tört kun davomida Hindistonning yetakçi SARVODAYA gospitali şifokorlaridan iborat onkolog, kardiolog va nefrolog Andijon va Toşkent aholisini bepul körikdan ötkazişdi va öz maslahatlarini berişdi.
Körik GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ötgan yilning noyabr oyida qurib topşirilgan, eng sönggi texnologiyalar bilan qayta jihozlangan Clinic Pro diagnostika markazlarida taşkil etildi. Tört kun davomida şifokorlar Qörğontepada 130 nafar, Bözda – 85 hamda Toşkent şahrida 200 nafar bemorni körikdan ötkazişdi.
Körik natijalariga köra bemorlarga tavsiyalar berildi, davolaş sxemalari qayta körib çiqildi, bemorlarning davolovçi şifokorlari bilan maslahatlaşuvlar olib borildi.
Mazkur taşrif GM Uzbekistan taşabbusi bilan taşkillaştirilayotgan xorijiy mutaxassislar iştirokidagi uçinçi bepul körik sanaladi.
Taşrif yakunida tomonlar doimiy ravişda Clinic Pro hamda SARVODAYA gospitali örtasida tajriba almaşişga, hind şifokorlari iştirokida bemorlarga jarrohlik amaliyotlari ötkazişga kelişib olişdi.
GM Uzbekistan AJ ijtimoiy-mas'ul biznes sub'yekti sifatida kelgusida ham xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining salomatligini yaxşilaş yölidagi harakatlarini davom ettiradi.
SARVODAYA gospitali 1997 yilda taşkil etilgan bölib, Hindistonning eng yetakçi tibbiyot muassasalaridan biri sanaladi. Bugungi kunda mazkur muassasa kardiologiya, yurak-torrakal hamda qon-tomir jarrohligi, saratonni davolaş, nevrologiya, urologiya, gastroenterologiya sohalarida öz xizmatlarini körsatadigan eng yaxşi markazlardan biri sanaladi. Klinika xalqaro darajadagi infratuzilmaga ega tibbiyot muassasalaridan biridir.

















