Turizm va sayohat böyiça xalqaro kengaş (WTTC) ekspertlari Maldiv orollarini turizmga eng boğlanib qolgan mamlakat sifatida tan olgan. Orollardan iborat uşbu mamlakatda 2017 yil yakunlariga köra, turizm sohasining mamlakat yalpi içki mahsulotidagi uluşi 39,6 foizni taşkil etadi. Bu haqda Rossiya turoperatorlari rasmiy sayti ma'lum qilmoqda.
Umuman olganda, aynan orollardan iborat ekzotik mamlakatlarning iqtisodiyoti turizmga boğliq. Masalan, Seyşel orollarining YaIMiga sayohatçilarning qöşgan uluşi — 26,4 foizni, Bahama orollarida — 19 foizni, Sent-Lyusiyada — 15 foizni taşkil etadi.
Yevropada turizmga hammadan köproq boğlanib qolgan davlatlar Malta (YaIMning 14,2 foizi), Çernogoriya (11 foiz) va Xorvatiya (10,9 foiz) sanaladi.

Ötgan yil yakunlariga köra turizmga boğlanib qolmagan davlatlar önligidan Kongo, Papua – Yangi Gvineya, Özbekiston va Moldova kabi davlatlar örin olgan. Özbekistonning YaIMida turizmdan keladigan daromad 0,93 foizni taşkil etgan xolos.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov mamlakat yalpi içki mahsulotida turizm uluşini yaqin yillar içida 5 foizga kötariş vazifasi qöyilganini aytib ötgan edi.
















