12 aprel köplab davlatlarda Kosmonavtika kuni – insoniyatning koinotga ilk parvoziga bağişlangan bayram sifatida nişonlanadi. 57 yil avval fazogir Yuriy Gagarin tarixga kirgan parvozni “Vostok-1” koinot kemasida bajargan. Şu munosabat bilan koinotga birinçi bölib parvoz qilgan inson aytgan yorqin sözlarni keltiramiz.  

“Bolaligimdayoq V.P.Çkalovning “Agar bölişing kerak bölsa, birinçi böl”, degan sözlarini öqigandim. Mana, birinçi bölişga harakat qilmoqdaman va oxirigaça şunday böladi”.

“Bu mening şaxsiy şon-şuhratim emas. Bir özim koinotga uça olarmidim? Bu xalqimiz şon-şuhrati”.

“Kemada Yer atrofini aylanib çiqqaç, sayyoramiz qançalik gözalligini kördim. Odamlar, keling bu gözallikni barbod qilmay, uni saqlab, yanada köpaytiraylik”.

“Öz kasbingni yoqtirganingda, yaxşi işlaysan, u bilan astoydil maşğul bölasan”.

“Istalgan sportçi qançalik mohir bölmasin, qandaydir mutaxassislikka ega bölişi va işlab çiqariş mehnati bilan şuğullanişi kerak. Odam sport uçun emas, sport odam uçun!”.

“Hayot koinotni qandaydir supermenlar emas, balki oddiy odamlar zabt etişini körsatmoqda”.

“Barça zamonlar va davrlarda odamlar uçun yangi kaşfiyotlarda iştirok etiş oliy baxt bölgan”.

“Koinotda birinçi böliş, tabiat bilan birga-bir misli körilmagan olişuvga kirişiş – bundan ham ortiqroğini orzu qiliş mumkinmi?”

“Odamdagi asosiy kuç – iroda kuçidir.

“Asosiysi oliy ta'lim emas, balki oliy tafakkur”

“Izohlar yöq. Birinçi böling!”