Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Özbekiston Respublikasi hududini ösimliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qiliş va Ösimliklar karantini sohasida ruxsat beriş tartib-taomillaridan ötiş tartibi töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.
Nizomlarga köra, respublikaga karantin nazoratidagi maxsulotlarni olib kirişga Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan karantin ruxsatnomasi hamda eksport qiluvçi mamlakatning vakolatli davlat organlari tomonidan beriladigan fitosanitar sertifikati yoki guvohnomasi bölgandagina ruxsat beriladi.
Vakolatli davlat organlari mavjud bölmagan eksport qiluvçi mamlakatdan ösimliklar karantin nazoratidagi mahsulotlarni Özbekistonga olib kirişga Inspektsiya tomonidan har bir partiyaga alohida holda beriladigan karantin ruxsatnomasi bölgan taqdirda yöl qöyiladi.
Karantin ruxsatnomasini oliş uçun yuridik va jismoniy şaxslar Inspektsiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
karantin ruxsatnomasini beriş töğrisida ariza;
karantin ruxsatnomasini beriş töğrsidagi arizani körib çiqiş uçun yiğim (eng kam iş haqining 1 baravari miqdorida) tölanganligini tasdiqlovçi bank hujjati.
Ariza beruvçidan boşqa hujjatlar taqdim etilişini talab qilişga yöl qöyilmaydi.
Ruxsatnoma beriş yoki uni rad etiş huqidagi qaror ariza berilgan kundan boşlab yetti iş kuni davomida qabul qilinişi kerak.
















