Nizomga köra, jabrlanuvçi voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb e’tirof etilgan şaxs bölsa, u bilan birgalikda yoki uning örniga işda iştirok etişga jalb etilgan qonuniy vakiliga haq tölab beriladi. 

Mas’ul organlar (mansabdor şaxslar) tomonidan işda iştirok etişga jalb etilgan quyidagi şaxslarga haq tölab beriladi:

- jabrlanuvçilar va işga kömaklaşuvçi şaxslarga:

- ularning doimiy yaşaş joylaridan taşqaridagi hududlarda ötkaziladigan protsessual harakatlarni amalga oşiriş joyiga kelib-ketiş xarajatlari;

- turarjoy bilan boğliq xarajatlari (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi);

- kundalik xarajatlari;

- ekspert, tarjimon, mutaxassisga işda iştirok etişda öz vazifalarini bajarganligi uçun, uşbu vazifalar xizmat topşiriği tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;

- doimiy iş haqi olmaydigan jabrlanuvçilar va ularning qonuniy vakili, guvohlar va xolislarga işda iştirok etişga ularni odatdagi maşğulotidan qoldirilganlik (çalğitganlik) uçun.

Mas’ul organlar (mansabdor şaxslar) tomonidan işda iştirok etişga jalb qilingan işga kömaklaşuvçi şaxslar hamda jabrlanuvçilarning turarjoy bilan boğliq xarajatlarini bir kunlik qoplaş (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi) miqdori BHM 1,5 baravaridan oşmasligi lozim. 

Turarjoyda yaşaganligi böyiça xarajatlarni tasdiqlovçi hujjatlar mavjud bölmagan hollarda, har bir sutka uçun belgilangan BHM 20 foizi miqdorida qoplanadi. 

Turarjoy ijarasidan foydalanilganda, davlat soliq xizmati organlarida hisobga qöyilgan ijara şartnomasi taqdim etiladi. 

Ekspert va mutaxassisga mas’ul organlar (mansabdor şaxslar) topşiriğiga köra bajargan işi uçun soatiga BHM 0,1 koeffitsiyenti miqdorida haq tölanadi. 

Bir tarjimon tomonidan körsatilgan har bir xizmati uçun alohida tölov amalga oşiriladi. 

Mazkur qoidalar protsessual majburiyatlarni xizmat topşiriği sifatida işda iştirok etişga jalb qilingan ekspert, mutaxassis va tarjimonga öz vazifalarini bajarganlik uçun haq tölaşga hamda xizmat safari bilan boğliq bölgan xarajatlarni qoplab berişga nisbatan tatbiq etilmaydi.