Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda yana o‘zgarish: Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurash xizmati rahbari ishdan ketdi
Zamirbek Osmonov /Foto: president.kg
Qirg‘izistonning Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurash bo‘yicha davlat xizmati rahbari Zamirbek Osmonov iste'foga chiqdi. Bu haqda 24.kg qator manbalarga asosan xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Zamirbek Osmonovning ishdan ketishi 847 million som miqdoridagi qo‘shimcha qiymat solig‘ining noqonuniy qaytarilishi bo‘yicha jinoiy ish bilan bog‘liqdir.
Uning o‘rniga ushbu lavozimni Bolot Suyunbayev egalladi. Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, xizmatning yangi rahbari xodimlarga tanishtirilgan.
Bolot Suyunbayev – Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Tahlil va milliy xavfsizlikka xatarlar prognozi xizmati sobiq direktori. U 2018 yilning 7 aprel kuni lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda bosh prokuror ishdan ketgani, adliya vaziri o‘zgargani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
18:39 / 23.04.2026
Qirg‘iziston ilk marta Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashish mexanizmiga tushdi
15:22 / 16.04.2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib, okruglar tashkil etiladi
10:36 / 15.04.2026