Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Devid Kemeronning ma'lum qilişiça, Rossiya 2018 yilgi jahon çempionatini ötkaziş huquqini korrupsiya yordamida qölga kiritgan. 

«Korrupsiya biz erişmoqçi bölgan köplab narsalarning yöliga tösiq böldi. Barçamiz qaşşoqlikdan qutulişni xohlagandik. Janubiy Sudan yoki Burundiga pullarni oziq-ovqat, soğliqni saqlaş yoki ta'limga sarflaşga nima xalaqit berdi? Javob oddiy: korrupsiya», - deya Kemeronning sözlarini keltiradi Independent.

«Biz mamlakatlarga qaşşoqlik domidan çiqişga yordam körsatmoqçi edik. Biroq Ekvatorial Gvineya va Venesuela kabi olis davlatlardagi odamlar nega qaşşoq, axir uşbu mamlakatlarda köplab foydali qazilmalar bor-ku? Javob oddiy: korrupsiya.

Biz odamlarni birlaştiruvçi katta sport tadbirlarida dunyo yetakçisiga aylanmoqçi edik. Biroq, Rossiya yakunda futbol böyiça 2018 yilgi jahon çempionatini ötkaziş huquqini qanday qilib qölga kiritdi? Özingiz javobni bir urinişda topib köring», - deya qöşimça qilib ötdi Kemeron.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov turli mamlakatlar rasmiy şaxslarining futbol böyiça jahon çempionatiga kelmaslik haqidagi qarori bayramga salbiy ta'sir körsata olmasligini aytgandi.