Özga davlatdan mehmonga kelgan kişi mezbonning dilini oğritmaslik uçun uning yurti haqida iloji boriça yaxşi gaplarni aytadi. Aslida, har bir ölkaning sayyohlar uçun tabiati, tarixiy obidalari, taomlari, meva-çevalaridagi özgaçalikning özi hayratga solişi tayin.
Mehmonlar bilan..
Ötgan hafta qöşni davlatdan kelgan bir guruh rasmiy mehmonlar bilan bir kun birga yurdim. Mutasaddi kişilar tomonidan uyuştirilgan qabuldan söng qardoşlarimiz hamkorlikni amalga oşiriş uçun bizdagi mavjud sanoat obektlari va diqqatga sazovor joylarni borib körişni ixtiyor etişdi. Mehmonlarga hamrohlik qiliş bilan birgalikda ularning har bir borgan joydagi reaksiyasiga e'tibor qarataman. Yarim soatlik safardan söng ulardan biri menga: “Sizlarda köçalar doim şunday toza va sarişta turadimi yoki mehmonlar kelişiga harakat qilişdimi?”, deb söradi. Obodonlaştirişga e'tibor doim bir xil ekanligini eşitib: “Agar bizga mehmonga borsangiz, köçalarimizdan uyatga qolamiz ekan..”, deb qöydi. Bunday maqtovdan dil yayraydi, lekin...
Mehmonlarga ajratilgan avtobusda, asosan, tadbirkorlar bölgani uçun har bir işlab çiqariş korxonasiga kirib çiqişimiz bilan yölda iqtisodiy tahlillar davom etardi. Töğrisi, ularni gap-sözlarini eşitib, bizdagi rivojlanişdan köngil töldi. Ayniqsa, paxtadan işlangan tekstil kiyim-keçaklarimizning sifati ularni juda hayratga solgani, u yerdagi mehnat madaniyatini örganiş kerakligini ta'kidlaşgani bor gap. Yana mehmonlar bizdagi mevalarning mazasi boşqaça ekanligini ham rosa maqtaşdi.
Ğalati savol
Ulardan biri yöldagi reklama doskasini öqib, menga : “Do-ri-xo-na. Bu – apteka töğrimi?”, dedi. “Ha” degan javobimni eşitib: “Poytaxtingizda aeroportdan tuşib şaharga kirganimdan beri eng köp uçragani mana şu yozuv böldi. Hamma köçada dorixona. Viloyatlardagi şahar va tuman markazlarida ham mana şunday ekan. Sizlarda kasallik köpmi? Ba'zi köçalarda qatorasiga beş-oltitadan mana şunday aptekalar. Sababi, nima?”, deb söradi.
Rosti, men bu savolga tayyor emas ekanman. Şahar aylanib, e'tibor berib qarasam rostdan ham dorixona degani tiqilib ketibdi. Avvallari dori-darmon bilan savdo qiluvçi dökonlar asli tibbiyot muassasalari atrofida bölguvçi edi. Hozir har bir gavjum köçada törttadan ekan. Bozorlar atrofi-ku “dori bazasi”ga aylangan.
Özim tuman markazida yaşayman. Esimni taniganimdan beri ma'muriy markazimizda, peştoqiga qadahga çirmaşgan ilon surati tuşirilgan bittagina “Apteka” yozuvi bor bino bölgan. Öşa dorixona ham qişda gripp oralaganda bir gurillab odamlarni qabul qilar, boşqa payt huvillab yotar edi. Hozir, öşa hududda 16 ta apteka sanadim. Töğri, aholi soni hozir bir neça bor oşganini ham hisobga oliş kerak. Biroq hozir tumanning deyarli har bir qişloq guzarida ham dorixonalar mavjud. Barça viloyatlarimizda şu ahvol.












