Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonda retsepsiz beriladigan dori vositalari röyxati yangilanib, ortiqça ovoragarçilik va byurokratik tösiqlarga çek qöyilişi haqida ma'lum qildi.
«Şunday dori vositalari borki, agar ular şifokor tavsiyasisiz iste'mol qilinsa, inson hayoti va salomatligi uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin. Ammo yana şunday preparatlar mavjudki, ularni dorixonalardan heç qanday çeklovlarsiz, ya'ni retsepsiz xarid qilsa böladi.
Ammo şu yilning iyul oyidan Soğliqni saqlaş vazirligi buyruği asosida Retsepsiz beriladigan dori vositalari röyxati keskin kamaytirilgaç, iste'molçilarning taşvişiga taşviş qöşildi. Ya'ni monopreparatlar pozitsiyasi 105taga, majmuaviy preparatlar röyxati esa 118taga qisqarib ketdi.
Oqibatda retsepsiz ham berilişi mumkin bölgan dorilarni xarid qiliş uçun bemor yöl bosib, vaqt yöqotib, navbat kutib şifokor qabuliga kirişga majbur bölmoqda. Bordi-yu, qöşimça tekşiruvlar talab etilsa, yana navbat asosida tibbiy xulosani olgaç, vraç huzuriga takror kirib retsept yozdirib olişiga töğri kelyapti.
Bunday ovoragarçilik va byurokratik tösiqlar aholining tibbiyot tizimiga nisbatan işonçi kamayişiga, qolaversa, farmatsevtika kompaniyalari e'tirozlariga sabab bölyapti. Negaki, qonunçilik talablariga köra, retsept asosida beriladigan preparatlarni tarğibot qiliş taqiqlangan. Bu esa aholining zarur dori vositalari haqidagi ma'lumotlardan xabardorligini çeklamoqda.
Masalan, tempalgin, mukomilt, deksaflyu, tabeks kabi qator preparatlarni çet el dorixonalaridan heç qanday çeklovlarsiz xarid qilsa böladi. Bizda esa buning uçun retsept söralyapti.
Soğliqni saqlaş vazirligi ana şu muammolarga yeçim topiş uçun kelib tuşayotgan e'tiroz va murojaatlar, qolaversa, xalqaro amaliyot hamda xorijiy tajribani çuqur örgangan holda, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi bilan birgalikda amalda bölgan Retsepsiz beriladigan dori vositalari röyxatini bekor qilib, uni yangilaş böyiça buyruq loyihasi işlab çiqdi. Unga muvofiq, retsepsiz beriladigan preparatlar röyxati kengaytirilmoqda.
Yangi buyruq yaqin kunlarda regulation.gov.uz portalida muhokamaga qöyiladi va Adliya vazirligi tomonidan röyxatga olingaç, kuçga kiradi», deyiladi vazirlik xabarida.












