Qoraqalpoğiston Respublikasining Nukus şahrida jinoyat sodir böldi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.
Qayd etilişiça, 13 aprel kuni soat 22.00larda, D.Ranov köçasida yaşovçi, 1-sonli Sil kasalliklari dispanseri feldşeri, 1992 y.t. Q.X. mast holda özidan, beş yoş katta bölgan tanişi, (ismi özgartirilgan) B.I.ni uyida uni zörlab nomusiga tegmoqçi bölgan.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, 6 aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasining Törtköl tumanida 24 yoşli qizni zörlab, nomusiga tekkan şaxs uşlangandi.
14 aprelda esa Qoraqalpoğiston Respublikasining Kegeyli tumanida tanişini zörlab, nomusiga tegmoqçi bölgan şaxs uşlandi.

















