Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatda teraktlar sodir etişni rejalaştirgan ikki kişi qölga olingani haqida ma'lum qildi. Bu haqda mahkama rasmiy saytida xabar berilgan.
MXX ma'lumotlariga köra, Armanistonning ikki fuqarosi qölga olingan muxolifatçi Jirayr Sefilyan hamda «Sasna Tsrer» guruhi bilan aloqador bölgan bölib, jamoat joylarida qator portlaşlar sodir etişni rejalaştirgan, bu qörquv muhitini yuzaga keltiriş uçun qilinmoqçi bölingan.
Xususan, portlaşlar Yerevandagi Ozodlik maydonida, şahardagi savdo markazlarining birida, köpriklar yaqinida va kommunikatsiya yöllari, şuningdek aholi turar-joylari yaqinida rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yerevanda yana ommaviy qölga olişlar yuz bergani xabar qilingandi.

















