KXDR yetakçisi Kim Çen Inning ma'lum qilişiça, Pxenyan yadro quroli va texnologiyalarini boşqa mamlakatlarga bermaydi. Bu haqda u Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qömitasi yalpi majlisida çiqiş qilib aytib ötgan, deb xabar bermoqda Koreya Markaziy telegraf agentligi.
Avvalroq, Şimoliy Koreya yetakçisi Pxenyan yadro va raketa sinovlarini töxtatayotgani, şuningdek yadroviy sinov maydonçasini yopayotgani haqida ma'lum qilgandi.
«Biz yadro qurolidan heç qaçon foydalanmaymiz, bunda bizning davlatga nisbatan yadro qurolini qöllagan holda tahdid qiliş yoki fitnalar istisnoga aylanadi. Nima bölgan taqdirda ham biz yadro quroli va texnologiyalarini boşqa mamlakatlarga bermaymiz», - deya aytib ötdi Kim Çen In.
Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Pxenyan bundan buyon boşqa davlatlar bilan muloqotni faolroq yölga qöyadi, bu Koreya yarim orolida tinçlikni saqlab qoliş uçun kerak.

















