Armaniston muxolifati yetakçisi, parlament deputati Nikol Paşinyan va uning tarafdorlari mamlakat boş vaziri Serj Sargsyan bilan muzokaralar ötkazilmay qolgaç, poytaxtda namoyişlarning yangi tölqinini boşladi.
«Interfaks» muxbiri xabariga köra, Yerevandagi tumanlardan biri ma'muriyati tomon yuzlab kişidan iborat guruh marş qilib borgan.
«Bizni qon tökiliş xavfi töxtata olmaydi. Qanday qon tökilişi? Qanday asosga köra?», deya hayqirgan Paşinyan.
«Bizning baxmal inqilobimiz xalqning 90 foizlik qismi tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. Men bu yerga parlamentdagi «Yelk» fraksiyasi vakili sifatida emas, xalq nomidan keldim. Sargsyan öz lavozimini zudlik bilan tark etişi kerak. Agar u xavfsizlik sohasidagi muammolarni istamasa, hoziroq iste'foga çiqişi kerak», deya qayd etgan muxolifat rahbari.
Bundan avvalroq Nikol Paşinyan va Serj Sargsyan muloqoti yarmida uzilib qolgani va rejalaştirilgan muzokaralar boşlanmay qolgani xabar qilingandi.
Armaniston poytaxtida 13 aprel kunidan buyon muxolifat tarafdorlari norozilik namoyişlari ötkazib kelişmoqda. Ular sobiq prezident Serj Sargsyan boş vazirlik lavozimiga saylanganiga qarşi çiqişmoqda.


















